Oylik maosh kechikishi

Assalomu alaykum! Kechirasiz qidiruv xizmatidan topa olmadim. Agarda mening oylik maoshim qonun bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasigacha to‘lanmasa ya’ni kechiktirilsa bu uchun har bir kechiktirilgan kun uchun menga kompensatsiya undirilib berilar ekan, lekin bu kechiktirilish har doim menda 1 oyga cho‘zilib ketadi vaqtida so‘rganda esa hozir pul yo‘q kreditlarga to‘lashimiz kerak, u bu joyga pul o‘tkazish kerak deb aytishadi ish joyim nodavlat ishlab chiqarish korxonasi, misol: mart oyi oyligini aprel oyi 5 sanada emas may oyida berishadi. Men oyligimni vaqtida ola olmaganim sababli moddiy ehtiyojlarimni qoplay olmayman, shu sababdan men soliq idorasiga murojaat qilib menga kompensatsiya undirib berishlarini aytsam va bu pulni oilamning moddiy ehtiyojiga sarflashim joizmi menga bu pul halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Bir kunga kechiktirishlari bilanoq tegishli joylarga murojaat qilib tezlikda haqqingizni undirib olish harakatini qiling. Vallohu a’lam!

5 Dekabr 2023, 15:28 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar