Tushda shayton

Assalomu alaykum! Tushim(uyqu falajligi)da shayton alayhilanani ko‘rdim. U menga o‘zi xohlagan gaplarni ayttirishga urinyapti. Garchi uhlashdan oldin sunnatka amal qilib uhlasam ham. Bunday tushlar ko‘rmaslikni oldini olishning iloji bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday tushlar ko‘rishdan qo‘rqmaslik kerak. Tushga nima kirsa ham sunnatda kelgan amallarni bajarsa insonga hech qanday zarar etmaydi. Hadisi sharifda bunday deyilgan:عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّمحَدَّثَنِي سُلَيْمَانُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ، حَدَّثَنَا الْأَوْزَاعِيُّ قَالَحَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ أَبِي كَثِيرٍ قَالَحَدَّثَنِي عَبْدُ اللهِ بْنُ أَبِي قَتَادَةَ، عَنْ أَبِيهِ قَالَقَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «الرُّؤْيَا الصَّالِحَةُ مِنَ اللهِ، وَالْحُلُمُ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَإِذَا حَلَمَ أَحَدُكُمْ حُلُمًا يَخَافُهُ فَلْيَبْصُقْ عَنْ يَسَارِهِ، وَلْيَتَعَوَّذْ بِاللهِ مِنْ شَرِّهَا، فَإِنَّهَا لَا تَضُرُّهُ».Abdulloh ibn Abu Qatoda otasidan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Solih tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz o‘zi qo‘rqadigan bir tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflasin va uning yomonligidan Allohdan panoh so‘rasin, shunda unga zarar qilmaydi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 08:28 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar