Tikan kirsa

Assalomu alaykum! G‘usl vojib bo‘lgan odam g‘usl qilgandan ancha so‘ng tanasiga tikan kirib qolganini ko‘rsa qaytadan g‘usl qiladimi?(tikan kirgan joy suv o‘tkazmasligi mumkinmi yoki bu holatda g‘usl ado bo‘ladimi ?)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tikan terining ustida qoplama bo‘lib qolmaydi, balki uni teshib, orasiga joylashib oladi. Shu tufayli u g‘uslni man qilmaydi. Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2023, 15:35 | Savol-javoblar | 0 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar