Afsuslanish gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni “yangi bilimlar olib,uni hayotimda qõllashga harakat qilyapman” deb yozishingizdan psixologlardan ta’sirlangan ko‘rinasiz. Siz bundan avval diningizni o‘rganing. Shundan so‘ng boshqa ilmlardan nima unga zid kelmasa olavering. Dinimizda tavbaning ta’rifi quyidagicha bo‘ladi:TAVBA «Tavba» so‘zi arab tilida «qaytish» ma’nosini anglatadi. Bandaning gunohdan qaytishi ham «tavba» deb atalgan. Ulamolar tavbaning shar’iy ma’nosi haqida bir-birini to‘ldiruvchi va ta’kidlovchi bir necha ta’riflarni aytganlar: Rog‘ib: «Shariatda tavba gunohni yomonligi uchun tark qilish, o‘zidan o‘tgan kamchilikka nadomat qilish, gunohni yana takrorlamaslikka azm qilish va imkoni bor ishlarni qaytadan qilishdir», degan. Jurjoniy: «Tavba qalbdagi gunohda davom etish tugunini echib, Allohga qaytish va Robbning barcha haqlarini ado etish», degan. Ba’zilar: «Tavba e’tirof, nadomat va gunohdan uzilib chiqish», deganlar. Boshqalar: «Tavba qilingan ma’siyatga ma’siyat bo‘lgani uchun nadomat chekish va uni qaytarmaslikka azmu qaror qilish», deydilar. «Ta’rifot» kitobining sohibi tavbaning ma’nosi va turlari haqida jumladan, quyidagilarni keltirgan: «Tavbaning ma’nosi uchtadir: Birinchisi – nadomat qilish. Ikkinchisi – Alloh qaytargan narsadan qaytishga azmu qaror qilish. Uchinchisi – zulmlarni o‘rniga qaytarish uchun harakat qilish.
Tavbaning turlari:
1. «Inoba tavbasi» – Alloh taoloning qudratidan qo‘rqib qilingan tavba. 2. «Istijoba tavbasi» – Alloh taoloning yaqinligidan uyalib qilingan tavba. 3. «Fosid tavba» – faqat til bilan qilingan tavba. 4. «Sahih tavba» – bandaning gunoh qilishi bilan darhol o‘zini bilib, undan qaytishi. 5. «Nasuh tavba». Arab tilidagi «nasuh» so‘zi «xolis», «jazm», «sodiq», «nasihat qiluvchi» ma’nolarini anglatadi. Demak, «tavbatan nasuhan» birikmasi «xolis tavba», «jazm tavba», «sodiq tavba», nasihatga tavba» degan ma’nolarni anglatadi. Alloh taolo shunday buyuradi: «Ey iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar!» (Tahrim surasi, 8-oyat).
Nasuh tavbaning shar’iy ma’nosi haqida ko‘pgina fikrlar rivoyat qilingan. Jumladan, hazrati Umardan: «Tavbai nasuh nima?» deb so‘ralganda, «Kishining yomon ishdan qaytib, so‘ng unga abadiy qayrilmasligidir», deb javob berganlar. Jurjoniy: «Nasuh tavba oldingi gunohga qaytmaslikka mustahkam azmu qaror qilishdir», degan. Tahonaviy: «Nasuh tavba qalb amallaridan bo‘lib, qalbni gunohlardan tozalashdan iboratdir. Uning alomati banda ma’siyatni yomon ko‘rishi va qabih sanashi hamda hech xotiriga keltirmasligidir», degan. Tavba va uning shartlari haqida imom Navaviy quyidagilarni aytadi: «Har bir gunohdan tavba qilish vojibdir. Agar qilingan gunoh banda bilan Alloh taoloning orasidagi ish bo‘lsa, odam bolasining haqqiga bog‘liq bo‘lmasa, tavbaning to‘g‘ri bo‘lishi uchun uch shart bor:
1. Ma’siyatdan butunlay ajrab chiqish.
2. Uni qilgani uchun nadomat chekish.
3. Abadul-abad uni qaytarmaslikka azmu qaror qilish. Ushbu shartlardan birortasi bo‘lmasa, tavba to‘g‘ri bo‘lmaydi. Agar qilingan gunoh odam bolasining haqqiga bog‘liq bo‘lsa, to‘rtinchi shart – o‘sha odamning haqqidan qutulish ziyoda qilinadi. Haq mol-mulk yoki shunga o‘xshash narsa bo‘lsa, uni egasiga qaytariladi. Haq shar’iy jazoga loyiq ish bo‘lsa, o‘zini jazoga tutib beradi yoki haq egasidan afv qilishini so‘raydi. Agar haq g‘iybat kabi ma’naviy narsalarda bo‘lsa, mazlumdan haqqini halol qilishini iltimos qiladi. Albatta, bunda tavba uchun qilinayotgan ish avvalgisidan ko‘ra katta zarar keltirmasligi shart. Barcha gunohlardan tavba qilish vojibdir. Agar ba’zisidan tavba qilsa, o‘sha gunohdan qilgan tavbasi to‘g‘ri bo‘ladi. Qolgan gunohlari turaveradi.
Tavba haqida Qur’oni Karimda kelgan oyati karimalarni bir necha qismga taqsimlash mumkin.
1. Tavbani qabul qilish Alloh taoloning sifatlaridan biri ekani. Bu haqda Alloh taoloning O‘zi shunday marhamat qiladi:
«Qaysi bir rasulni yuborgan bo‘lsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular o‘zlariga zulm qilgan chog‘larida huzuringga kelib, Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va Rasul ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, albatta, Allohning tavbani ko‘plab qabul qiluvchi, o‘ta mehribon ekanini topar edilar» (Niso surasi, 64-oyat).
Alloh taolo haqiqatan ham tavbalarni qabul etuvchi Zot ekanining dalili shuki, U bandalaridan iymon da’vosini qilib, amalda shaytonning yo‘lidan yurganlarini ham darhol azobga giriftor qilmaydi, balki kechirimli bo‘lib, yana ularga o‘zlarini o‘nglab olishlari uchun imkon yaratib, tavba eshigini ochib qo‘yadi. U Zot haqiqatan ham rahmli bo‘lganidan gunohkor munofiqlarning aybini kechib, ularga rahm-shafqat ko‘rsatadi.
2. Tavba anbiyo va solih mo‘minlarning sifatidir. Tavba aslini olganda, oliy maqomlardan biridir. Shuning uchun Alloh taoloning eng suyukli bandalari bo‘lmish nabiylar va rasullar ham tavbani lozim tutganlar. Shayton alayhila’na tavba qilmagani uchun tavqi la’natga uchradi. Odam alayhissalom tavba bilan mukarramlikka erishdilar. Alloh taolo nabiylarning tavbalari haqida shunday marhamat qiladi: «Esla, vaqtiki, Ibrohim bilan Ismoil Baytning poydevorlarini ko‘tarayotib, (dedilar): «Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen O‘zing o‘ta eshituvchisan va o‘ta biluvchisan. Robbimiz, ikkimizni O‘zingga musulmon bo‘lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O‘zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko‘rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sen O‘zing tavbani ko‘plab qabul qiluvchisan, o‘ta rahmlisan» (Baqara surasi, 127-128-oyatlar).
Alloh taolo solih mo‘minlarning sifatlarini bayon qilar ekan, eng avvalo ularning tavba qiluvchilar ekanliklarini zikr qiladi: «Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, ro‘za tutuvchilar, ruku’ qiluvchilar, sajda qiluvchilar, ma’rufga buyurib, munkardan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va mo‘minlarga xushxabar ber!» (Tavba surasi, 112-oyat).
Bu oyati karimada mo‘min kishining bir necha sifatlari zikr qilinmoqda, agar ularda bu sifatlar mavjud bo‘lsa, mo‘minlik sharafiga erishadilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam beradigan xushxabarga haqli bo‘ladilar. Chunki ular bilib-bilmay sodir etgan hamma gunohlaridan tavba qiladilar, gunohlariga chin qalbdan afsus-nadomat chekadilar va uni ikkinchi qayta takrorlamaydilar. Aslini olganda, bilib-bilmay qilingan gunohlar uchun istig‘for aytish iymonning etuk alomatidir.
3. Tavbadan keyin solih amal qilishga targ‘ib. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Kim zulmidan keyin tavba etsa va isloh qilsa, Alloh albatta tavbasini qabul qiladir. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir» (Moida surasi, 39-oyat). Musulmon odam uchun yomonlikdan qaytishning o‘zi kifoya qilmas ekan. Yomonlikdan qaytish bilan birga, yaxshilik amallarni qilishi ham zarur ekan. Chunki yomonlikni qilmay qo‘yib, yuraversa, orada bo‘shliq paydo bo‘ladi va bu bo‘shliq uni yana yomonlikka qaytarishi mumkin. Shuning uchun ham yaxshilik qilish tavbani qabul etish shartlariga qo‘shilmoqda.
Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Pokiza ayollarga (bo‘hton) toshi otib, so‘ngra to‘rtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana o‘shalar fosiqlardir. Bundan keyin tavba qilib, o‘zini isloh qilganlar mustasnodir. Zero, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir» (Nur surasi, 4-5-oyatlar).
Qur’oni Karim bo‘htonchini «fosiq», ya’ni Allohning amridan chiqqan odam deb vasf qilmoqda. Bu juda yomon sifatdir. Endi bunday odam faqat ixlos bilan tavba qilgandagina va o‘zini butunlay tuzatgandagina fosiqlikdan chiqishi mumkin. Shunda uning guvohligi yana qabul qilinadigan bo‘ladi. Demak, bo‘htonchining faqat tavba qilishi kifoya emas. Balki o‘zini o‘nglaganini jamiyat a’zolariga amalda ko‘rsatishi ham zarur. Buning uchun pokiza odamni qaerda, kimlarning oldida, qanday qilib zinoda ayblagan bo‘lsa, o‘sha erda, o‘sha odamlarning oldida, o‘shanday qilib poklaydi va o‘zini qoralaydi. So‘ngra tavba qiladi. Jamiyat uni bir yil davomida kuzatadi. Shu muddat ichida chindan ham o‘zini tuzatib, shariatga xilof ishlarni qilmasa, undan «fosiq» nomi olinadi va guvohligi qabul qilinadigan bo‘ladi.
4. Tavbaning mukofoti haqidagi oyatlar. Quyidagi oyati karimada Alloh taolo tavba qiluvchilarni «poklanuvchilar» deb sifatlaydi:
«Sendan hayz haqida so‘rarlar. Sen: «U ko‘ngilsiz narsadir. Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling. Pok bo‘lmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar. Qachonki pok bo‘lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir», deb ayt» (Baqara surasi,
-oyat).
Alloh taolo xolis tavbaning mukofoti jannat ekani haqida marhamat qilib, quyidagi oyati karimani nozil qilgan:
«Ey iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Ajab emaski, Robbingiz yomonliklaringizni o‘chirsa va sizni ostlaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa. U Kunda Alloh Nabiyni va u bilan birga bo‘lgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o‘ng taraflarida yurib boradir. Ular esa: «Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni mag‘firat qil, albatta, Sen har bir narsaga o‘ta qodirsan», derlar» (Tahrim surasi, 8-oyat).
5. Tavba Alloh taoloning bandalarga rahmatidir. Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalarini sevadi va ularning tavbalarini qabul qilishni xohlaydi. Quyidagi oyati karimalar aynan shu ma’noda nozil qilingan bo‘lib, bu ham Alloh taoloning O‘z bandalariga beqiyos marhamatidir:
«Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni sizlardan oldingilarning sunnatlariga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni iroda qiladir. Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir. Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni iroda qiladir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa ulkan og‘ishga moyil bo‘lishingizni iroda qiladir. Alloh sizdan engillatmoqni iroda qiladir. Va inson zaif yaratilgandir» (Niso surasi, 26-28-oyatlar).
Va yana: «Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, erga va tog‘larga taklif qildik. Bas, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Uni inson ko‘tardi. Darhaqiqat, u o‘ta zolimdir, o‘ta johildir. Alloh munofiqlar va munofiqalarni, mushriklar va mushrikalarni azoblashi uchun hamda mo‘min va mo‘minalarning tavbalarini qabul etishi uchundir. Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir» (Ahzob surasi, 72-73-oyatlar).
6. O‘tgan nabiylar tavbaga chaqirishgan. Alloh taolo marhamat qilib shunday deydi:
«Va Odga o‘z birodarlari Hudni (yubordik). U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o‘zga iloh yo‘q. Sizlar faqat to‘qib oluvchilarsiz, xolos. Ey qavmim, buning uchun sizlardan ajr so‘ramasman. Mening ajrim faqat meni yo‘qdan bor qilgan Zotning zimmasidadir. Aql yuritmaysizlarmi? Ey qavmim, Robbingizga istig‘for ayting, so‘ngra Unga tavba qiling, shunda U ustingizga yomg‘irni mo‘l-ko‘l qilib yuboradi va quvvatingizga quvvat ziyoda qiladi. Jinoyatchi bo‘lgan holingizda yuz o‘girib ketmang» (Hud surasi, 50-52-oyatlar).
Alloh taolo qaysi qavmga nabiy yuborsa, albatta, bu nabiylarning ilk da’vatlari qavmlarini tavbaga chorlash bo‘lgan. Hozirgina ko‘rib o‘tganimiz oyati karimalar va quyida keltiriladigan oyati karima ham shu ma’noda nozil bo‘lgan:
«Va Samudga o‘z birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o‘zga iloh yo‘q. U sizni erdan paydo qildi va uni obod qilishingizni talab qildi. Bas, Undan mag‘firat so‘rang, so‘ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim o‘ta yaqindir, o‘ta ijobat qiluvchidir», dedi» (Hud surasi, 61-oyat).
Tavba haqida kelgan hadislardan namunalar: عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «لَلَّهُ أَشَدُّ فَرَحًا بِتَوْبَةِ عَبْدِهِ حِينَ يَتُوبُ إِلَيْهِ مِنْ أَحَدِكُمْ كَانَ عَلَى رَاحِلَتِهِ بِأَرْضِ فَلَاةٍ، فَانْفَلَتَتْ مِنْهُ، وَعَلَيْهَا طَعَامُهُ وَشَرَابُهُ، فَأَيِسَ مِنْهَا، فَأَتَى شَجَرَةً فَاضْطَجَعَ فِي ظِلِّهَا، قَدْ أَيِسَ مِنْ رَاحِلَتِهِ، فَبَيْنَا هُوَ كَذَلِكَ، إِذَا هُوَ بِهَا قَائِمَةً عِنْدَهُ، فَأَخَذَ بِخِطَامِهَا، ثُمَّ قَالَ مِنْ شِدَّةِ الْفَرَحِ: اللَّهُمَّ أَنْتَ عَبْدِي وَأَنَا رَبُّكَ، أَخْطَأَ مِنْ شِدَّةِ الْفَرَحِ». رَوَاهُ الشّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo bandasi tavba qilganida biringizning ulovi ustida sharobi va taomi bilan kimsasiz biyobonda qochib ketsa, undan umidini uzib, bir daraxtning tagiga borib, soyasida yotganda, ulovidan umidi batamom uzilib bo‘lganida, ana shu holatdaligida qarasa, u (ulov) oldiga kelib turgan bo‘lsa, jilovidan tutib, o‘ta xursand bo‘lib ketib, «Allohim! Sen bandamsan! Men Robbingman!» deb yuborganidan ham ko‘ra ko‘proq xursand bo‘ladi. U xursandchilikning shiddatidan xato qigan edi», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «يَا أَيُّهَا النَّاسُ، تُوبُوا إِلَى اللهِ، فَإِنِّي أَتُوبُ فِي الْيَوْمِ إِلَيْهِ مِائَةَ مَرَّةٍ». رَوَاهُمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar! Men Unga har kuni yuz marta tavba qilurman», dedilar».
Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan. عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «كُلُّ بَنِي آدَمَ خَطَّاءٌ، وَخَيْرُ الْخَطَّائِينَ التَّوَّابُونَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Barcha odam bolasi xatokordir. Xatokorlarning yaxshisi sertavbalardir», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «إِنَّ اللهَ يَقْبَلُ تَوْبَةَ الْعَبْدِ مَا لَمْ يُغَرْغِرْ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh bandaning tavbasini, modomiki u g‘arg‘ara holiga borib qolmagan bo‘lsa, albatta qabul qiladi», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan. عَنْ أَبِي مُوسَى رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «إِنَّ اللهَ يَبْسُطُ يَدَهُ بِاللَّيْلِ لِيَتُوبَ مُسِيءُ النَّهَارِ، وَيَبْسُطُ يَدَهُ بِالنَّهَارِ لِيَتُوبَ مُسِيءُاللَّيْلِ، حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ مِنْ مَغْرِبِهَا»Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh to quyosh mag‘ribdan chiqqunicha kunduzi gunoh qilganlar tavba qilishlari uchun kechasi qo‘lini yozadi va kechasi gunoh qilganlar tavba qilishlari uchun kunduzi qo‘lini yozadi», dedilar». عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «مَنْ تَابَ قَبْلَ أَنْ تَطْلُعَ الشَّمْسُ مِنْ مَغْرِبِهَا تَابَ اللهُ عَلَيْهِ». رَوَاهُمَا مُسْلِمٌAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim quyosh mag‘ribidan chiqmasdan turib tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi», dedilar».
Ikkisini Muslim rivoyat qilgan.
Tavbaning foydalaridan:
1. Tavba iymonning kamoli va Islomning jamolidandir.
2. Tavba Alloh taoloning muhabbati va rizosiga sababdir.
3. Tavba egasini Alloh taoloning keng rahmatiga erishtiradi.
4. Tavba tanglik va g‘amning ketishiga sabab bo‘ladi.TAVBANING HAQIQATI Tavba ilm, hol va amaldan iborat bo‘lib, bu uch narsa bir-biriga chambarchas bog‘liqdir.
1. Ilm gunohlarning zarari juda ham katta ekaniga va gunohlar banda bilan unga mahbub bo‘lgan har bir narsa orasidagi to‘siq ekaniga ma’rifat hosil qilishdan iborat.
2. Hol mazkur ilm tufayli qalbda paydo bo‘lgan afsus va nadomatdan iboratdir. Zotan, qalb qachon o‘zi muhabbat qo‘ygan narsadan mahrum bo‘lsa, alam chekadi. Ana shu alam nadomat deb ataladi.
3. Amal gunohning zararini bilib, qalbda undan alam chekilgandan keyin mazkur alamni yo‘qotish uchun azmu qaror ila gunohni tark qilishdir. Bu o‘rinda gunohni tark qilish hozirgi, kelasi va o‘tgan zamonga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi zamondagisi qilib turgan gunohidan darhol chetlanish va tavba qilish ila bo‘ladi. Kelasi zamondagisi umrining oxirigacha gunoh qilmaslikka azmu qaror qilish va gunoh shubhasi bor narsalardan saqlanish orqali bo‘ladi. O‘tgan zamonga bog‘liq bo‘lishi avvalgi gunohlarga astoydil tavba qilish va ularga kafforot bo‘ladigan amallarni bajarish hamda qazolarni ado etish bilan bo‘ladi. Demak, tavbaning haqiqati ilm, nadomat (hol) va hozir, kelajak hamda o‘tgan zamondagi gunohlarni tark qilishdan, ya’ni amaldan iboratdir. Gunoh mahbubdan uzoqlashtiruvchi sabab ekanini bilmagan odam qilgan gunohlariga tavba qilmaydi. Alamga sabab bo‘luvchi gunohni qilaveradi va oqibatda halok bo‘ladi.TAVBANING VOJIBLIGI Tavba qilish banda uchun vojibligi haqidagi dalillar juda ham ko‘p. Namuna uchun ba’zilarini zikr qilamiz.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Barchangiz Allohga tavba qiling, ey mo‘minlar! Shoyadki, zafar topsangizlar» (Nur surasi, 31-oyat).
Alloh taolo yana shunday marhamat qiladi:
«Ey iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar!» (Tahrim surasi, 8-oyat).عَنِ ابْنِ عُمَرَ رضي الله عنهما، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «يَا أَيُّهَا النَّاسُ، تُوبُوا إِلَى اللهِ، فَإِنِّي أَتُوبُ فِي الْيَوْمِ إِلَيْهِ مِائَةَ مَرَّةٍ». رَوَاهُمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar! Men Unga har kuni yuz marta tavba qilaman», dedilar».
Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan.
Tavbaning vojibligiga musulmon ummati ijmo’ qilgan. Chunki gunohlar bandani Alloh taolodan uzoqlashtiruvchi va halokatga olib boruvchidir. Shuning uchun ham ulardan qochish va tavba qilish vojib bo‘ladi. Tavbani davomli ravishda qilish vojibdir. Zero, banda kim bo‘lishidan qat’i nazar, gunohkordir. U a’zolari bilan gunoh qilishdan saqlangan chog‘ida ham qalbida gunohni reja qilishi mumkin. Undan ham saqlanganda, shaytonning vasvasasiga yo‘liqishi bor. Bunga o‘xshash narsalar anchagina. Shuning uchun ham davomli ravishda tavba qilib turish lozim. Bu ish o‘ta muhim hisoblanadi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham bu ishni har kuni qilib turganlar.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «وَاللهِ إِنِّي لَأَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ فِي الْيَوْمِ سَبْعِينَ مَرَّةً». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, men Allohga bir kunda etmish marta istig‘for aytib, tavba qilaman», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan. (“Ruhiy tarbiya”). Vallohu a’lam. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 10:18 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya