Kelinning xizmati
Assalomu alaykum! Xolam 5 vaqt namoz o‘qiydilar va kollejda ishlaydilar. Turmush o‘rtoqlari 5-6 yil avval vafot etgan. Kenja kelin bo‘lganlari bois katta hovlida qaynonalariga qarab qolganlar. 8 ta qaynsingillari va 2 ta qaynog‘alari bor. Xolamning aytishlaricha ular onasiga qarashmaydi, aksincha har pensiyasi chiqqanda kelib, xolam bilan janjallashib, “qaynonangni qarash seni vazifang, kollejda ishlamay uyda qaynonanga qarashing kerak” deb aql o‘rgatib ketishadi. Endi xolam men orqali sizlardan so‘rayabdi. Islomda qaynonamga qarash bo‘ynimdagi farzim bo‘lsa, mayli qarayman, lekin meni ham tirikchiligim bor, hech bo‘lmasa pensiyasini berishmaydimi? Iltimos ustozlar, javob bersangizlar. O‘sha 10 ta farzandga ham o‘qib eshittiramiz. Iloji bo‘lsa telegrammga ham chiqaringlar. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaynonasining xizmati kelinning zimmasiga hech qanaqasiga vojib emas. Diyonatan xizmatini qilsa savobini oladi, lekin xizmatini qilish hech qanaqasiga lozim yoki majburiy emas. Ota-onaning xizmati farzandlarning zimmalariga vojib. Xoh o‘zlari qilsin, yoki xizmat qiluvchisiga haqqini bersin. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush