Turli savollarim borasida

Assalomu alaykum! Xayrli ishlaringizda Alloh panoxida bo‘linglar! Mening uchta savolim bor: 1) Kasal yotgan onamlarga qarayman. Ba’zan namoz paytimda tinmay chaqirib qoladilar. Tez o‘qib, salom berib tugatishga majbur bo‘laman. Shunda tasbex o‘girishga ulgurmayman. Mening namozim qabul bo‘lyaptimikan?
2). Onamlarni pamperslarini almashtirib, ularni avrat joylarini yuvintirsam mening taxoratim buzilyaptimi?
3) Bundan bir necha oy oldin qizimning kichik farzandi sudorga bilan o‘zidan ketib reanimatsiyaga tushib qolgan edi. Qizim namoz o‘qiydi. Farzandini tepasida o‘tirib Allohga va’da bergan ekan. Agar Alloh farzandiga shifo bersa xijobga kiraman deb. Allohga xamdu sanolar bo‘lsin farzandi sog‘ayib ketdi. Lekin ma’lum sabablarga ko‘ra qizim xijobga kira olmayapti. Endi xar safar farzandining tobi qochsa meni Alloh jazolayapti deb ich etini eyapti. Sizlardan iltimos yo‘l yo‘riq ko‘rsating. Tavba qilsa bo‘ladimi, qanday qilib?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Namozdan keyingi tasbehlarni aytish e’tiborli. Qanday yoki qaerda emas. Yurib ham aytavering. 2). Buzilmaydi. 3). Tezdan avratlarini berkitsin. Allohga berilgan va’dani engil sanamasin. Keyinchalik sudorgi ham holva bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar