Boshqadan olib, boshqaga arzonroq narhga sotish

Assalomu aleykum. Men AQSh logistika kompaniyasida dispatcher bo‘lib, ya’ni fura haydovchilariga yuk olib beraman. Yukni vositachidan bir summaga olib, haydovchiga boshqa summaga sotaman. Yukni etkazib berganimiz uchun, vositachi bizga haq to‘laydi. Va Bu hizmat uchun kompaniya haydovchini yuki etkazib berish narhidan 12% ushlab qoladi. Lekin, haydovchiga men yukni olib berishim jarayonida yukdan oz miqdorda summa ushlab qolaman. Masalan yukni 1000 so‘mga olib, haydovchiga 800 so‘mga sotaman. O‘rtadagi farqni haydovchiga etmasdan zahiramga ushlab qolaman. Sababi, qaysidur paytlar haydovchiga yuk topa olmay qolsam, uni boshqa arzonroq yuklariga qo‘shib beraman. Haydovchini bundan habari bo‘lmaydi. Shu qilayotgan oldi sotti ishim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat aslida siz yozgandek bo‘lmasligi mumkin. Savolni shartnomalarda yozilgan iboralar bilan, qayta bering. Logistika kompaniyasida bo‘la turib qanday qilib yukni sotasiz? Broker bilan yukni eltib berish shartnomasini tuzib, o‘sha yukni fura haydovchisiga beramiz, u bilan esa arzonroqqa eltib berish shartnomasini tuzamiz deng. Savol bunday mujmal berilmaydi. Saytda berilgan avvalgi javoblarni ko‘rib chiqing. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 16:58 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar