Kinoyali taloq
Assalomu alaykum! Men yaqinda uylandim. Ayolimni yaxshi ko‘raman. U bilan ajralishni xohlamayman. Ammo kinoyali taloq haqida o‘qigan narsalarim meni vasvasaga solmoqda. Unda ishlatiladigan "bas", "chiq", "ket" kabi so‘zlar kundalik hayotimizda ham ishlatilishi vasvasamni kuchaytirmoqda. Oddiy suhbatlashib o‘tirganimizda ham xayolimda kinoyali taloq masalasi aylanaveradi. Shayx hazratlarining "Kifoya 2-juz" kitoblarida: "Agar kinoyali lafzlarning uch turi ham rozilik holatida, g‘azab va taloq haqida gap so‘z bo‘lmay turib aytilgan bo‘lsa taloq tushmaydi. Ammo er: "Men bu gapni taloq niyati bilan aytdim", desa taloq tushadi" deyilgan ekan. Shundan xulosa qilib yuqoridagi so‘zlardan kundalik hayotda, urush janjal bo‘lmagan holatda, hazil qilib foydalansak taloq tushib qolmaydi desak bo‘ladimi? Odatda hech kim ayolidan rozi holatida u bilan ajralishni xohlamaydi deb o‘ylayman. Ammo mendagi vasvasa sababli bu kabi so‘zlarni rozilik holatida ishlatayotganimda ham "taloq qilyapsan", "taloq qilib qo‘yasan", "taloq qilding" kabi xayollar aylanaveradi. Men o‘zim xotinimni yaxshi ko‘raman. U bilan islomiy oila bo‘lib baxtli yashashni xohlayman. Ajralishni xohlamayman. Lekin muloqot qilayotganimizdagi shu kabi vasvasali xayollar menga tinchlik bermayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vasvasaga berilmang, modomiki taloqni niyat qilib aytmasangiz tushmaydi. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 07:38 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vasvasaga berilmang, modomiki taloqni niyat qilib aytmasangiz tushmaydi. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 07:38 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush