Ayolimning birinchi turmushidan qiz farzandi

Assalomu alaykum! Ayolimning birinchi turmushidan qiz farzandi bor. Turmush qurganimizda 3 yoshda edi. Aslida uylanishimning asosiy sababi xam shu qizchaga otalik qilish edi. To‘ydan keyin sud orqali otasini roziligi bilan o‘z familiyamga o‘tkazdim. Otasi bolasini tug‘ilganida bir necha bor ko‘rgan, ajrashgandan so‘ng aloqani uzgan. Buni aytishimni sababi yuqorida sud masalalarida xech qandar mojaro va dil xiralik bo‘lmagan. Xozirgi kunga kelib qizim 11 yoshda. Ikki singlisi bor. Oilada kattalardan boshqa xech kim bu masalani bilmaydi. Savol berishga majbur qilgan asosiy sabab bu maxramlik masalasi va xaqiqatni aytish-aytmaslik. Qizim voyaga etayabdi, islomni imkon doiramizda o‘rgatyapmiz, axli tartib bo‘lishi orzuyimiz. Savol: Men qizimga maxram bo‘lamanmi? Unga xaqiqatni aytishimiz kerakmi? Meni oila a’zolarim ukalarim, otam maxram bo‘ladimi? (Oila a’zolarim o‘z jigaridek qabul qilishgan va qizim xam ularga xuddi shunday munosabatda).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolga uylanib birinchi yaqinlik qilganingizdan so‘ng u qiz siz uchungina mahramga aylangan. Haqaqatni aytishingiz shart. Dinimizda boshqaning bolasini meni pushtikamarimdan bo‘lgan deb iddao qilish harom. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 07:48 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar