Kompaniya beradigan pul
Assalomu alaykum! Men dori kompaniyasida ishlayman. Kompaniya menga dori bilan tanishish va shu xaqida shifokorlarga ma’lumot berib xar bir bemorga yozgan dori uchun doktorga ma’lum miqdordagi pul berish vazifasini yuklagan. Aslida dorining sifati zo‘r va bu dorilar aynan kasalga zarur, lekin boshqa shunday tarkibli dorilar xam bor ular xam doktorga pul berishadi. Pul bermiman desam yozmay qo‘yishadi. Savolim, ushbu "pul berish" raqobat sifatida qarash kerakmi yoki bu xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu erda juda ko‘p mijozlar haqqiga xiyonat qilishlar bo‘lar ekan. Keraksiz dorini yozish, bir hil tarkibdagi dorining qimmatini yozish, o‘zilarga jo‘natish va hokazolar. Bu kabi ishlar qilinsa qiyomatda haqdorlar o‘z haqlarini talab qilishlari aniq. Bu qaroqchilik qilish bilan barobar bo‘ladi. Ikki tomonning roziliklari o‘tmaydi. Ammo to‘g‘ri ishlaganga ish haqini berish joiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat