Qarzni qaytarish

Assalomu alaykum! Men 4 oy oldin dollarda qarz bergandim. Dollarning kursi hozir ancha tushib ketdi. Mendan qarz olgan odam menga qarzni o‘sha paytdagi kursdagi so‘mda beray siz zarar qilmang deyapti. Dollarda bersa menga zarar bo‘lib qoladi, chunki kurs ancha past hozir. Shu holatda qanday yo‘l tutay? Dollarda olaymi yoki usha paytdagi kursni hisobga olib so‘mda olaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nimada berilgan bo‘lsa o‘shanda olish kerak. Lekin beruvchi  sizga dollar o‘rniga boshqa pul birligida beraman desa va siz rozi bo‘lsangiz olishingizda monelik yo‘q. Faqat oldindan kelishib olinmagan bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 180 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar