Gilamdagi aroq

Assalomu alaykum! Ustozlarhonadagi gilamga aroq to‘kilgan o‘ni qurib qolgan ho‘l oyoq bilan o‘sha joyni bossak oyog‘imizga ham aroq tekkan bo‘ladimi bir domlani maruzasida gilamdagi najosatni Ayollar soda sepib suv sepib yuvgani bilan halol bolmaydi ustidan suv oqizip qo‘yish kerak dedi shuning uchun joynamoz solibo‘qish kerak dedi men gilamim katta siqib yoki suv oqizishni menimcha iloji yo‘qroq huddi. domla aytganday yuvaman yuvilmagan holatda tokilgan aroq bir joyda bolsa yuvish uchun suv sepganimda hamma yoqqa najosati yani arog‘i hamma yoqqa yoyilib ketadi hamma joy shunday boladimi tahoratdan keyinhol oyoq bilan gilamni ezamizku iltimos maslahat beringlar nima qilishni bilmayapman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Najosat tekkan narsa quruq holda bo‘lsa, unga ho‘l holatdagi pok narsa tekkanida o‘sha narsaga najosatning asari o‘tmasa, u najas bo‘lmaydi. Gilam pok bo‘lishi uchun to najosat chiqib ketganiga ko‘ngil taskin topgunicha uning ustidan ko‘p miqdorda suv quyish kerak. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 09:46 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar