Pul savdosiga oid

Assalomu alaykum! Dollar savdosida (yakshanba bank ishlamaganligi sababli ko‘chadagi "qora" bozor), kurs so‘ralsa, misol uchun 11.600 so‘m olamiz, 11.650 so‘m sotamiz dedi. menga 50 dollar kerak desam dollarfurushlar 50 dollarning narxi 590.000 so‘m (ya’ni 1 dollari 11.800 so‘mga to‘g‘ri keladi) deyishdi. nega desam 50 dollarlik kamligi uchun degan javobni oldim. Bitta toifadagi narsa qanday farq bo‘ladi bu ribo bo‘lsa kerak dedim (avval qaysidin manbada duch kelgandim). yoppasiga bu riboga kirmaydi pul o‘ziniki hohlagan narxda sotadi dedi, xolbuki men boshida umumiy kursni so‘ragandim. shunda men riboga aralashishdan qo‘rqib bu savdoni tark qildim va bozordan olmay ketdim. Ammo shu savolga javobni manbalardan topolmadim. oydinlik kiritish uchun savolim: 100 dollarni boshqa kursda 50 dollarni boshqa kursda sotish riboga kiradimi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 13:56 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar