Maselko nomli margarin

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat biz somsa qilishda "maselko" nomli margarindan foydalanamiz. Men bu kompaniyaga telefon qilib, bu margaringa cho‘chqa yog‘i va mahsulotlaridan ishlatilgan yoki ishlatilmaganligini o‘sha erda ishlaydiganlardan so‘radim. Ular umuman ishlatilmagan deyishdi. Hazrat, biz ularning gapiga ishonib bu margarindan foydalanaversak bo‘ladimi? Agar ular bizga noto‘g‘ri ma’lumot bergan bo‘lsalar gunoh ularga bo‘lib bizga bo‘lmaydimi? U margarinning tarkibi yorlig‘da quyidagicha yozilgan: vыsokokachestvennыe rafinirovannыe dezodorirovannыe rastitelnыe jirы i masla, voda, emulgatorы ( E 472s, E 475), sol pievaya, sorbat kaliya, kislota limonnaya, aromatizator, beta- karotin. Iltimos hazrat, bizga bu borada yordam bersangiz va maslahatingizni ayamasangiz! Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.

29 Aprel 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar