Aroqqa pul sarflash
Assalomu alaykum! Bugun akamni tug‘ilgan kuni edi. Bobom, tog‘am aroq ichishadi(ba’zida akam ham). Akam oyimga, aroq olib kelaman, tog‘am aroq qӯymabdi, aroqqa puli yӯq ekan deydi" dedi. Keyin men aytdim Pulingizni xaromga sarflamang. Tog‘am va buvamni ichirganingiz uchun siz gunohkor bӯlasiz" deb. Tushuntirishga harakat qildim ammo akam Ӯzimni pulimga olyabman"dedi. Oyimga necha marotaba tushuntirishga harakat qildim. oyim ham qӯyaver seni ishing bӯlmasin bugun tug‘ilgan kuni. Bugundan keyin ichmaydi, olib kelmaydi" deydi. Ammo necha yildan beri har bayram, tug‘ilgan kunda shu ahvol. Aytingchi, meni aralashishim notӯg‘rimi? Ahir yomon yӯldan qaytaryabmanku. Akam Allohdan uzoqlashib ketayotgandek. Maslahat bering ular ӯzgarishini, Allohga chin taqvo qiladigan inson bӯlishini judayam hoxlayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri fikrlabsiz. Mast qiluvchi ichimliklar ichish harom. Buni ko‘rib turganlar bu ishdan qaytarishlari lozim.
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Bu hadisi sharifni ham Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qilganlar. U kishi bilan yuqorida tanishib o‘tdik.
Boshqa muhaddislar bu hadisi sharifni ko‘proq amri ma’ruf va nahyi munkar bobida keltiradilar. Bizning muallifimiz esa iymonning ziyoda va kam bo‘lishi bobida keltiribdilar. Buning farqi yo‘q, ikkisi ham barobar. Bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mo‘min-musulmon kishining munkar, Islom dini tomonidan inkor qilingan ishlarga nisbatan munosabatiga qarab, iymonning kuchli yoki zaif bo‘lishini bayon qilmoqdalar.
«Munkar ish» deganda din, shariat tomonidan inkor qilingan yomon ish tushuniladi. Chin mo‘min inson o‘z jamiyatida bo‘layotgan munkar ishni ko‘rib-bilib turib, befarq qola olmaydi. Mo‘min kishi munkar ishni ko‘rganida uch holatdan birida bo‘lishi mumkin, xolos:
1. «Munkar ishni qo‘li bilan qaytarish».
Bu «kuch ishlatib» degan ma’noni bildiradi. Ya’ni bo‘layotgan yomon ishni to‘xtatish, uni qaytarish uchun kuch sarflasin. Bu ko‘proq qo‘lida hukmi bor, imkoni bor mo‘minlarga tegishli bo‘ladi. Yana munkarni qaytarishdan oldin holatga qaraladi. Har qanday shaxs aralashsa bo‘ladigan, kuchi etadigan ish bo‘lsa, albatta, o‘sha odamga bu munkarni kuch bilan qaytarish vojib bo‘ladi.
2. Munkar ishni tili bilan qaytarish.
Bu qo‘li bilan qaytarishga qodir bo‘lmaganlarning ishi. Bu ish ikkinchi navbatda, birinchisiga qodir bo‘lmagan taqdirdagina joriy bo‘ladi. U vaqtda mo‘min-musulmon odam tili bilan gapirib, munkar ishning yomonligini bayon etadi, uni qilmaslikka chaqiradi. Bu ish har bir imkoni bor mo‘minga vojibdir. Iymoni taqozo qilgan burchdir. Lekin gohi vaqtlarda zulm, tazyiq haddan oshib, og‘iz bilan gapirgan mo‘minga zarar etishi, uning joniga, shaxsiga va boshqa tomonlariga tahdid solinishi mumkin. Bunday noiloj holda qolgan odam so‘nggi, uchinchi darajaga tushishga majbur bo‘ladi.
3. Munkar ishni dili bilan qaytarish.
Chin dildan «shu ish bo‘lmasligi kerak edi, ammo ming afsuski, bo‘ldi. Bu ishni qo‘lim bilan o‘zgartirishim kerak edi, ammo qila olmadim. Bu ishni hech bo‘lmasa tilim bilan o‘zgartirishim kerak edi. Ammo buni ham qila olmadim. Endi dilim bilan inkor qilishdan boshqa choram qolmadi», deyiladi. Bu esa eng zaif iymon bo‘ladi. Bundan ham zaif iymon bo‘lishi mumkin emas. Buni ham qilmasa, o‘sha zaif iymon ham qolmaydi. Iymoni kuchli mo‘minlar esa hech narsadan qo‘rqmay, munkar ishni o‘z vaqtida inkor qiladilar.
Alloh xohlasa, «Amri ma’ruf va nahyi munkar» bobida bu haqda batafsil so‘z yuritamiz. Ushbu bobda esa yomonlikni inkor qilish iymonga taalluqli ish ekanini yaxshilab tushunib olishimiz lozim. Kishi yomonlikni qanchalik ko‘p inkor qilsa, qaytarsa, shunchalik iymoni ziyoda va baquvvat bo‘lishini tushunib olishimiz kerak. Aksincha, yomonlikni inkor qilishi qanchalik oz va kuchsiz bo‘lsa, iymoni ham shunchalik zaiflashib borishini bilmog‘imiz lozim. Ana o‘shanda nima uchun iymonsiz jamiyatda, iymon bilan ishi yo‘q, iymon qadrlanmaydigan jamiyatda yomonlik ko‘payib ketishini anglab etamiz. Ana shundagina Allohning oxirgi va mukammal dini – Islomda munkar ishni o‘zgartirishga, inkor qilishga bunchalar katta ahamiyat berilganini tushunib etamiz. Ana shundagina nima uchun musulmonlar ushbu hadisi sharifga to‘liq amal qilgan davrlarida dunyodagi peshqadam millat bo‘lganlarini anglab etamiz. Ana o‘shandagina nima uchun musulmonlar bu hadisga amal qilmay qo‘yganlarida tushkunlik tomon yuz tutganlarini to‘g‘ri fahmlaymiz.
Bu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Munkar ishlarga nisbatan murosasiz bo‘lish.
2. Imkoni bo‘lsa, munkar ishni qo‘l bilan qaytarish, o‘zgartirish.
3. Qo‘l bilan qaytarishning imkoni bo‘lmaganda munkar ishni til bilan qaytarish.
4. Qo‘l bilan ham, til bilan ham qaytarishning imkoni bo‘lmaganda dil bilan qaytarish.
5. Munkar ishni dil bilan qaytarish eng zaif iymon ekanini anglash.
Bu hadisning hikmatlari va insoniyatning mazkur hikmatlarga ehtiyoji haqida qancha gapirsak, shuncha oz. Chunki yomonni yomonlik qilishdan qaytarmaslik har qanday jamiyatni, bora-bora butun insoniyatni halokatga olib borishi turgan gap. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 15:46 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom