Muborak joylarda aylanishi va tuproq yalashi

Assalomu alaykum! Bizni qishlokda bir joy bor, Ohun bobo degan, aytishlaricha bir payg‘ambar shu erdan kirib Makkadan chiqqan ekan. Qabrga o‘xshash joyni atrofida aylanishadi, turpog‘idan yalashadi, qon chiqarib sho‘rva qilishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri, shunga o‘xshash joylarga borsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik laqma bo‘lmaslik kerak. Ka’badan boshqa biror narsani tavof qilinmaydi. Tuproq yalash aqlli insonlarning ishi emas. U erga atab qon chiqarish halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar