Muharram oyida ro‘zg‘or

Assalomu alaykum! Muxarram oyida uyga ro‘zg‘or qilish qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ashuro kuni - muharram oyining 10-kuni haqida so‘rayotgan ko‘rinasiz.Ashuro kuni «Ashuro» so‘zi lug‘atda «o‘ninchi kun» degan ma’noni bildiradi. Muharram oyining o‘ninchi kuni Ashuro nomi bilan mashhur bo‘lgan.عَنِ الْحَكَمِ بْنِ الْأَعْرَجِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: انْتَهَيْتُ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ وَهُوَ مُتَوَسِّدٌ رِدَاءَهُ عِنْدَ زَمْزَمَ، فَقُلْتُ لَهُ: أَخْبِرْنِي عَنْ صَوْمِ عَاشُورَاءَ، فَقَالَ: إِذَا رَأَيْتَ هِلَالَ الْمُحَرَّمِ فَاعْدُدْ، وَأَصْبِحْ يَوْمَ التَّاسِعِ صَائِمًا، قُلْتُ: هَكَذَا كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُهُ؟ قَالَ: نَعَمْ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّHakam ibn A’raj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Zamzam oldida ridosi ustida yonboshlab yotgan Ibn Abbosning huzuriga borib:
«Menga Ashuro ro‘zasi haqida xabar ber», dedim.
«Qachon Muharramning hilolini ko‘rsang, sanab bor. To‘qqizinchi kuni ro‘za tutgan holda tong ottir», dedi u.
Men:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ro‘zasini shunday qilib tutar edilarmi?» dedim.
«Ha», dedi u».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Avvalo rivoyat roviysi Hakam ibn A’raj roziyallohu anhu bilan tanishib qo‘yaylik:
Hakam ibn Abdulloh ibn Ishoq A’raj al-Basriy tobe’inlardan bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Ibn Abbos, Ibn Umar, Imron ibn Husoyn, Ma’qal ibn Yasor, Abu Bakra, Abu Hurayralar orqali rivoyat qildilar. Bu hadislar uncha ko‘p bo‘lmasa ham lekin ishonchlidir.
Biz tanishgan rivoyatda Ashuro ro‘zasi Muharram oyining to‘qqizinchi kuni tutilishi haqida so‘z ketmoqda. Nima uchun bunday ekanligi haqida so‘z yuritishdan oldin bu masalaga oid boshqa hadislarni ham ko‘rib chiqsak, yaxshi bo‘lar, degan umiddamiz.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: صَامَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّهُ يَوْمٌ تُعَظِّمُهُ الْيَهُودُ وَالنَّصَارَى، قَالَ: فَإِذَا كَانَ الْعَامُ الْمُقْبِلُ إِنْ شَاءَ اللهُ صُمْنَا الْيَوْمَ التَّاسِعَ، فَلَمْ يَأْتِ الْعَامُ الْمُقْبِلُ حَتَّى تُوُفِّيَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro‘zasini tutdilar va u kunning ro‘zasini tutishga amr qildilar.
Odamlar:
«Ey Allohninig Rasuli, yahudiy va nasorolar bu kunni ulug‘laydilar», deyishdi. 
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Yanagi yil kelsa, inshaalloh, (o‘ninchi bilan birga) to‘qqizinchi kunning ro‘zasini (ham) tutamiz», dedilar. 
Bas, kelasi yil bo‘lmasdan turib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar». 
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlari Ashuro kuni ro‘zasini tutib, ummatlariga ham o‘sha kunning ro‘zasini tutishni amr qilganlarida ba’zi xabardor sahobiylar u zot sollallohu alayhi vasallamga yahudiy va nasorolarning Ashuro kunini ulug‘lashlarini eslatdilar. Chunki sahobai kiromlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yahudiy va nasorolarnikiga o‘xshagan ishni qilmasliklarini, doimo ularnikidan boshqacha, Islom ummatiga xos ish qilishlarini yaxshi bilar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam doimo sahobai kiromlarni boshqa din egalariga o‘xshashdan, ularga ergashishdan qaytarib kelar edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarning Ashuro kuni ro‘zasi haqidagi xabarlarini bag‘rikenglik bilan qabul qilib oldilar. Uni hisobga oldilar va yanagi yili yahudiy va nasorolarga o‘xshab, Muharram oyining faqat o‘ninchi kunining emas, balki ularga xilof qilib, to‘qqizinchi kunining ro‘zasini ham tutishlarini aytdilar. Ammo o‘zlari kelgusi yilning Ashuro kuni kelmasidan Rafiqi A’loga rihlat qildilar.
Lekin gaplari o‘z kuchida qoldi. Barcha mo‘min-musulmonlar u zotning aytganlarini qilib, Muharram oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kunlari ro‘zasini tutishga odatlandilar.وَعَنْهُ قَالَ: أَمَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِصَوْمِ عَاشُورَاءَ يَوْمَ الْعَاشِرِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro ro‘zasini o‘ninchi kuni tutishga amr qildilar». 
Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan.
Sharh: Bu amr avvalgi hadisda zikr qilingan hodisalardan oldin bo‘lgan.
Ushbu rivoyatlardan chiqadigan umumiy xulosa qo‘yidagicha.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ashuro ro‘zasini Muharramning o‘ninchi kunida tutishga amr qilganlar, o‘zlari ham tutganlar.
Yahudiy va nasorolar bu kunni ulug‘lashlarini bilib qolganlaridan keyin o‘ninchi kunga to‘qqizinchi kunni ham qo‘shib tutishga qaror qildilar. Lekin o‘zlari bu ishni qilmay turib, vafot etdilar.
Birinchi rivoyatda kelganidek, Ibn Abbos roziyallohu anhuning Hakam ibn A’raj roziyallohu anhuning savoliga javoban «To‘qqizinchi kunni ro‘za tutgan holingda tong ottir», deganlari Muharram oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kunlari ro‘zasini tutish kerak, deganlari, ya’ni, to‘qqizinchi kunni, so‘ng o‘ninchi kunni tutasan, deganlari bo‘ladi. Zotan, Ashuro so‘zining lug‘aviy ma’nosi «o‘ninchi kun» ekanligini avval ham aytib o‘tganmiz.U kun ro‘zasining fazli عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ يَوْمُ عَاشُورَاءَ تَصُومُهُ قُرَيْشٌ فِي الْجَاهِلِيَّةِ وَكَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُهُ، فَلَمَّا قَدِمَ الْمَدِينَةَ صَامَهُ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ، فَلَمَّا فُرِضَ رَمَضَانُ تَرَكَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ، فَمَنْ شَاءَ صَامَهُ وَمَنْ شَاءَ تَرَكَهُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Quraysh johiliyat davrida Ashuro kuni ro‘zasini tutar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham johiliyat davrida uning ro‘zasini tutar edilar. Madinaga kelganlarida ham uning ro‘zasini tutdilar va tutishga amr qildilar. Ramazon farz qilingach, Ashuro kuni (ro‘zasi)ni tark qildilar. Bas, kim xohlasa, tutar, kim xohlasa, tark qilar edi». 
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho Ashuro kuni ro‘zasining tarixiga oid ma’lumotlarni keltirmoqdalar.
Quraysh mushriklari ham Islomdan oldingi johiliyat davrida Ashuro kuni ro‘zasini tutgan ekanlar.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham o‘zlariga vahiy kelib, Payg‘ambar bo‘lgunlaricha Ashuro kuni ro‘zasini tutar ekanlar.
U zot sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga hijrat qilib kelganlaridan ke¬yin ham bir yil Ashuro ro‘zasini tutganlar.
Keyin esa hijratning ikkinchi yili Ramazon ro‘zasi farz bo‘lganda Ashuro ro‘zasini tark qilib, Ramazon ro‘zasini tutganlar. Odamlardan xohlaganlari Ashuro ro‘zasini tutganlar, xohlamaganlari tutmaydigan bo‘lganlar.
Shu erga kelib, Oisha onamizning rivoyatlari tamom bo‘ladi. Ammo biz avval o‘rgangan hadislarimizdan ko‘rinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan bir yil oldin Ashuro ro‘zasini tutganlar va tutishga amr qilganlar. Shunday qilib, bu kunning ro‘zasi sunnati muakkada bo‘lib qolgan.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَدِمَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمَدِينَةَ فَرَأَى الْيَهُودَ تَصُومُ يَوْمَ عَاشُورَاءَ، فَقَالَ: مَا هَذَا؟ قَالُوا: هَذَا يَوْمٌ صَالِحٌ، هَذَا يَوْمٌ نَجَّى اللهُ بَنِي إِسْرَائِيلَ مِنْ عَدُوِّهِمْ فَصَامَهُ مُوسَى، قَالَ: فَأَنَا أَحَقُّ بِمُوسَى مِنْكُمْ، فَصَامَهُ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelib, yahudiylarning Ashuro kuni ro‘zasini tutayotganlarini ko‘rdilar va:
«Bu nima?» dedilar.
«Bu solih kundir. Bu kun Alloh Bani Isroilni dushmanidan qutqargan kun. O‘shanda Muso uning ro‘zasini tutgan», deyishdi. 
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Men sizlardan ko‘ra Musoga haqliroqman», dedilar va uning ro‘zasini tutdilar, tutishga amr qildilar». 
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu rivoyatdan musulmonlar Alloh yuborgan oldingi payg‘ambarlarga ularga ergashishni da’vo qilayotganlardan ko‘ra haqliroq ekanliklarini ko‘ramiz.
Shu bilan birga, Ashuro kuni ulug‘ kun ekanligi, u kunda Alloh taolo Muso alayhissalom boshliq Bani Isroilga o‘z dushmanidan najot berganligini bilib olamiz.
Shuning uchun ham Muso alayhissalomga ergashib, u kunning ro‘zasini tutish shariatimizga kiritilgan. Qolaversa, bu ish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlari qilgan hamda siz bilan bizlarga amr qilingan ishdir.
Shuning uchun har yili Muharram oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kunlari ro‘zasini tutishimiz lozim.عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ أَهْلُ خَيْبَرَ يَصُومُونَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ يَتَّخِذُونَهُ عِيدًا، وَيُلْبِسُونَ نِسَاءَهُمْ فِيهِ حُلِيَّهُمْ وَشَارَتَهُمْ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: فَصُومُوهُ أَنْتُمْ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Xaybar ahli Ashuro kunining ro‘zasini tutar, uni iyd qilib, ayollariga o‘sha kunda taqinchoqlarini taqtirar, yasantirar edilar. 
Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sizlar uning ro‘zasini tutinglar», dedilar». 
Ikki Shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: «Xaybar» Madinai munavvaraga yaqin joy bo‘lib, u erda yahudiylar istiqomat qilar edilar.
Xaybar yahudiylarining Ashuro kuni ro‘za tutib, bayram qilishlari u kunning ulug‘ kun ekanligidandir. Ular Payg‘ambar Muso alayhissalomni ulug‘lab ro‘za tutganliklari avvalgi hadisda zikr etilgan edi.
Bu hadisdan esa ularning bu kuni ro‘za tutibgina qolmay, hayit ham qilishlarini, ayollarining yasanib, taqinchoqlarini taqib yurishlarini ko‘ryapmiz.
Musulmonlar Muso alayhissalomga yahudiylardan ko‘ra haqliroq bo‘lganlaridan u zot qilgan ishga, Ashuro ro‘zasini tutishga amr qilindilar. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda har birimiz u kunning ro‘zasini tutishga harakat qilishimiz lozim.عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَمَرَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلًا مِنْ أَسْلَمَ أَنْ أَذِّنْ فِي النَّاسِ، أَنَّ مَنْ كَانَ أَكَلَ فَلْيَصُمْ بَقِيَّةَ يَوْمِهِ، وَمَنْ لَمْ يَكُنْ أَكَلَ فَلْيَصُمْ، فَإِنَّ الْيَوْمَ يَوْمُ عَاشُورَاءَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّSalama ibn Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Aslamdan bir kishiga: «Odamlar ichida kim biror narsa egan bo‘lsa ham kunning qolganida ro‘za tutsin, kim emagan bo‘lsa, u ham ro‘za tutsin. Chunki bugun Ashuro kuni», deb jar chaqirishga amr qildilar». 
Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Aslam – arab qabilalaridan birining nomi. Avvalgi o‘rgangan rivoyatlarimizdan ma’lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nima uchun yahudiylar Ashuro ro‘zasini tutishlarini bilib, u ro‘zani tutishga musulmonlar haqliroq ekanliklariga ayni Ashuro kuni qaror qilganlar. Ko‘rinishidan bu ish ertalab sodir bo‘lgan. Shuning uchun Aslam qabilasidan bo‘lgan kishini jar chaqirishga amr qilganlar. Ashuro kuni nonushta qilib olganlar o‘sha kunning hurmatidan kunduzning qolgan qismida biror narsa eb-ichmaslikka, ertalabdan biror narsa eb-ichmaganlar esa ro‘zani niyat qilib olishga amr qilinganlar. Bu ish ham Ashuro ro‘zasini tutish nihoyatda ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.عَنِ الرُّبَيِّعِ بِنْتِ مُعَوِّذٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: أَرْسَلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ غَدَاةَ عَاشُورَاءَ إِلَى قُرَى الْأَنْصَارِ الَّتِي حَوْلَ الْمَدِينَةِ مَنْ كَانَ أَصْبَحَ صَائِمًا فَلْيُتِمَّ صَوْمَهُ، وَمَنْ كَانَ أَصْبَحَ مُفْطِرًا فَلْيُتِمَّ بَقِيَّةَ يَوْمِهِ، فَكُنَّا بَعْدَ ذَلِكَ نَصُومُهُ وَنُصَوِّمُ صِبْيَانَنَا الصِّغَارَ مِنْهُمْ إِنْ شَاءَ اللهُ، وَنَذْهَبُ إِلَى الْمَسْجِدِ فَنَجْعَلُ لَهُمُ اللُّعْبَةَ مِنَ الْعِهْنِ، فَإِذَا بَكَى أَحَدُهُمْ عَلَى الطَّعَامِ أَعْطَيْنَاهَا إِيَّاهُ إِلَى الْإِفْطَارِAr-Rubayyi’ binti Mo‘avviz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ertalab ansoriylarning Madina atrofidagi qishloqlariga odam yuborib: 
«Kim ro‘zador bo‘lib tong otdirsa, ro‘zasini oxiriga etkazsin, kimning og‘zi ochiq holda tong otdirgan bo‘lsa, kunning qolganini (taom emay) oxiriga etkazsin», deb aytdilar. 
Bas, shundan so‘ng u (kunning) ro‘zasini tutadigan, yosh bolalarimizga ham, inshaalloh, ro‘za tuttiradigan bo‘ldik. Masjidga borib, ularga jundan o‘yinchoq qilib berar edik. Agar ulardan birortasi taom so‘rab yig‘lasa, iftorgacha unga haligi o‘yinchoqlarni berar edik».
Sharh: Bu rivoyatda oldingi rivoyatdagi ma’noga bir necha qo‘shimchalar qo‘shilmoqda:
1. Ashuro kuni ro‘za tutishni, taom eb olganlar ham kunduzning qolgan qismida eb-ichmay turishlarini e’lon qiluvchi jarchi o‘sha kuni ertalab yuborilgan.
2. Jarchi Madina atrofidagi ansoriylarning qishloqlarida ham jar solgan.
3. O‘sha kundan boshlab, Ashuro ro‘zasini tutish odatga aylangan.
4. Sahobai kiromlar Ashuro ro‘zasini kichkina bolalariga ham tutdirganlar.
5. Kichkina bolalar masjidga olib borilgan.
6. Kichkina bolalarga o‘yinchoq yasab berilgan.
7. Ro‘zadan qorni ochib, yig‘lagan bolalarga ovutish uchun o‘yinchoq berilgan. Bundan biz ham o‘rnak olishimiz kerak.وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: مَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَتَحَرَّى صِيَامَ يَوْمٍ فَضَّلَهُ عَلَى غَيْرِهِ إِلَّا هَذَا الْيَوْمَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ، وَهَذَا الشَّهْرَ شَهْرَ رَمَضَانَ. رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sallallaxu alayxi vasallamning biror kunning ro‘zasini boshqalaridan afzal ko‘rib, mana shu Ashuro kunidek, mana shu Ramazon oyidek izlaganlarini ko‘rmadim».
Ikkala rivoyatni ikki Shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Ya’ni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon Ashuro kuni kelar ekan, ro‘zasini tutsam, deb, intiq bo‘lib turar ekanlar. Bosh¬qa biror kunning ro‘zasini tutish uchun bunchalik intizor bo‘lib kutmas ekanlar.
Shuningdek, Ramazon oyini ham qachon kelar ekan, ro‘zasini tutsam, deb, intiq bo‘lib kutar ekanlar. Boshqa biror oyning ro‘zasini tutishni bunchalik intizor bo‘lib kutmas ekanlar. U kishining ummatlari, ya’ni bizlar ham shunday bo‘lishimiz lozim.عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صِيَامُ يَوْمِ عَاشُورَاءَ إِنِّي أَحْتَسِبُ عَلَى اللهِ أَنْ يُكَفِّرَ السَّنَةَ الَّتِي قَبْلَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّAbu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Ashuro kunining ro‘zasi o‘zidan oldingi yilning kafforoti bo‘lsa», deb Allohdan umid qilaman», dedilar». 
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu ma’noning o‘zi ham Ashuro ro‘zasi qanchalar fazilatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Bu hadislarni chuqur o‘rgangan ulamolarimiz Ashuro ro‘zasini tutish sunnati muakkada, degan xulosaga kelganlar. Ana shunga amal qilib, hammamiz bu kunning ro‘zasini tutishga harakat qilmog‘imiz lozim.عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ وَسَّعَ عَلَى عِيَالِهِ فِي يَوْمِ عَاشُورَاءَ وَسَّعَ اللهُ عَلَيْهِ فِي سَنَتِهِ كُلِّهَا. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi», dedilar». 
Tobaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu rivoyatdagi «kenglik yaratish»dan maqsad eyish-ichish, xursandchilik ma’nosidagi bemalollikdir. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 14:51 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar