Iqtido qilmayman deyishim mumkinmi
Assalomu alaykum! Alhamdulillah ishxonamda namoz o‘qiydiganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi va albattaki namoz o‘qishga sharoit ham bor. Namoz vaqti kirganda xamma imkoni bo‘lishi bilan birma bir namoz o‘qib olishadi, bir xillarda yoshlar imom bo‘ladi bir xillarda kattalar. Meni o‘ylantiradigan narsa, bir namozxon borki u namoz o‘qiyotgan paytida yoki soqolini qashlaydi yoki burnini va bu narsani kamida 2-3 qiladi, barchamiz bilamiz 3-nojo‘ya xarakat bilan namoz buziladi, imomlikka o‘tgan paytida xam shu axvol. Va bir safar usha kishi taxorat qilayotganida oyog‘ini yuvmaganiga guvox bo‘ldim vaxolanki maxsi kiymagandi. Savolim shundan iboratki men o‘sha inson imomlikka o‘tganida men iqtido qilmaslikka xaqqim bormi? Va boshqalarni xam undan ogoxlantirishim lozimmi? Imkon bo‘lishi bilan u kishining xatolarini o‘ziga aytishim kerak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uchinchi nojo‘ya harakat bilan namoz buzilmaydi. Siz aytgandek oyog‘ini yuvmasa unga iqtido qilish joiz emas. Aytishingiz kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 158 | Namoz