Ajrimda taloq

Assalomu alaykum! Birinchi oilam bilan farzandsizlik muammosi sababli majburan ajrashdik. Sudda ochiq aytgandik. Baribir birga er-xotin bo‘lib yashaymiz deganmiz. Ajrimdan keyin man boshqaga uylandim. Farzandlik bo‘ldik. Birinchi oilamni ham tashlab qo‘ymadim. Savol. 1-oilam bilan haliyam sha’riy er-xotinmizmi? Yoki nikoh o‘qitishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq yoki ajralish niyatida taloqqa dalolat qiluvchi so‘z aytgan bo‘lsangiz yoki yozgan bo‘lsangiz nikoh uzilgan. Unday bo‘lmasa uzilmagan. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 11:40 | Savol-javoblar | 0 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar