Targ‘ib qilish usuli

Assalomu alaykum! "Sizga bitta maslahat bor edi sizda yosh oila va yoshlar auditoriyangiz bor. Bazi yoshlar bor shu guruhlarga qiziqanidan kiradi lekin qunt qilib iymon yo‘lidan yura olmaydi shayton isyon qiladi bu albatta ko‘pchilikda bor narsa. Shu insonlar qancha o‘qimasin o‘rganadi amal qilmaydigan bo‘lib katta bo‘ladi. Psixologiyada ham bor bu odamni ko‘zi o‘rganadi, ong o‘rganadi. Chiqaryapgan matinlariz, postlariz, farzandlari, kelajakda tug‘ilajak farzandlarini tarbiyasi haqidagi mavzuni ko‘proq yoritsayiz yaxshi natija va savobga erishsa bo‘ladi. Sabab inson o‘zi etishmagan lekin to‘g‘ri bo‘lgan narsaga farzandini ko‘proq erishishini, bilishini xoxlaydi va o‘shanda o‘zi ham ibrat bo‘lishga harakat qiladi. Bu fikir mani fikrim nato‘g‘ri bosa uzur. Lekin boshqa shunday chatlarga ham huddi shunday fikirlarni aytib ustozlar to‘g‘ri deyishdi. Ilmizga ilim qo‘shilsin. Ayollar va qizlarni orqayizdan ergashtiring" deb bir telegramda chat boshqaradigan ilimli qizga maslahat berdim, qanchalik to‘g‘ri domla?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzandlarga tarbiya bera olish uchun avvalo o‘sha tarbiya o‘zlarida bo‘lishi kerak. O‘zlari ishonmagan yoki amal qilishni istamaydigan ko‘rsatmalarni qanday qilib farzandlariga targ‘ib qila oladi? Shu jihatini ham hisobga olsa to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 11:20 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar