Badiiy adabiyotdagi yolg‘on haqida

Assalomu alaykum! Badiiy adabiyotdagi yolg‘on haqida so‘ramoqchiman. Mualliflar o‘zlari guvoh bo‘lmagan narsani yozishadiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muallif o‘zi yozgan badiiy asarlarda shariatning me’yorlariga amal qilib, shariatda ruxsat berilgan maqsadni hosil qilish, harom qilgan ishlarga chaqirmasalik, istehzo-masxara birovlarni ustidan kulish kabi shariatda qaytarilgan ishlar bo‘lmasligi sharti bilan yozishi va shu ta’sirchan adabiy san’ati ila yaxshilik yoyilishiga sabab bo‘lishida biror muammo yo‘q. Hattoki buni kasb qilib olishida ham zarar yo‘q. Chunki ba’zi ahli ilmlar Kahf surasi, 32-oyatdagi: “Ularga ikki kishini misol qilib keltir. Ulardan biriga uzumlardan ikki bog‘ berdik va ularni xurmo ila o‘radik va oralarida ekinzor qildik”, qissa haqiqatda voqe’ bo‘lmagan deyishgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar