Bemani xayollardan qutilish

Assalomu alaykum! Men hozir balog‘at yoshidaman, behayo xayollarni to‘xtata olmayabman. Hattoki tushlarimda ham shu hayollar tinch qo‘ymaydi. Ertalab turganimda ba’zida g‘usl qilishga ham to‘g‘ri keladi. Shu xayol va tushlardan qutilib, faqat yaxshi narsalar bilan band qilishim uchun nima qilishim kerak? Oldindan javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘shalardan qutilishni chin dildan xohlashingiz kerak. Astoydil Alloh taolodan so‘rasangiz, siz qutilishga qodir bo‘lmasangizda, Alloh taolo qutqarishga qodir Zotdir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 188 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar