Erimni ammasini nevaralari
Erimni ammasini nevaralari(voyaga etgan qayn ukalarim) bilan yashashim mumkinmi? Biz 3 xonalik domda yashaymiz. Erim, man, 2 qizimiz bir xonasida. 2-xonada erimni opasini qizi(20 yoshli qayn singilim), 3-xonada esa erimni ammasini nevaralari yani erimni ukalari(3ta ukasi 26 yoshli, 22 yoshli, 19 yoshli) qaynlarim bilan yashaymiz. Bu qanchalik to‘g‘ri? Man xammaga umumiy ovqat qilaman, xatto qaynlarimni kirlarini yuvishimni erim manga yuklagan(erimni va qizlarimizni va o‘zimni kirlarimdan tashqari). Man xam o‘qiyman, xam ishliman, xam 3 yoshli va 1.5 yoshli qizlarimga qariman ishdan kelib. 1-savolim: Man shu qaynlarim(va qayn singilim) bilan yashashim joizmi? Erim doktor smenda ishlidi, erim yo‘q kunlari ular bilan yolg‘iz qolamiz qizlarim bilan. 2-savolim: Man o‘ranganman, lekin kunlar juda issiqligiga, erim uyda qaynlarim oldida bemalol ro‘molsiz yurishing mumkin deb ro‘molimni echadi. Shu qanchalar to‘g‘ri? 3-Erimdan aloxida kvartiraga ko‘chishimizni talab qilishga sharan xaqqim bormi? (Xozir xammamiz shundoq jam ijarada turamiz).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-3). Siz sanab o‘tgan yigitlar siz uchun mutlaqo nomahram. Ular bilan bir uyda yolg‘iz qolishingiz mumkin emas.2). Ularning oldida avratlaringizni yopib yurishingiz shart. Eringizdan sharoitlari nomahramlarnikidan alohida bo‘lgan maskan talab qilishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
5 Dekabr 2023, 15:18 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush