Zakolat qaytarib bersa
Assalomu alaykum! Men telefon sotmoqchi bo‘ldim. Bir bolaga 500 mingga kelishtik. U bola menga 100 ming zakolat berdi va aytdiki “o‘zizga telefon olib bo‘lgach aytsez man qolgan 400 mingni berib telefonni olib ketaman”. Keyin qarasam dadamni qo‘lida eskiroq telefon, onamga esa tug‘ilgan kuniga telefon sovg‘a qilmoqchi edim. Va haligi zakolat bergan bolaga telefon qilib aytdimki “ota onamga telefon olib beradigan bo‘lib qoldim, uzr telefonimni hozir sotsam qo‘limda telefon qolmas ekan, avval ularga olib beray keyin o‘zim olarman dedimda zakolatni qaytarib berdim. Savolim shuki kelishuvdan keyin qo‘limdagi telefon uniki bo‘lib qolmaganmi? Shu xolatni shar’iy hukmini aytib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha bola bilan 500 mingga kelishgach telefon unikiga aylangan. Siz faqatgina pulni to‘liq olguncha unga topshirishdan bosh tortib turgansiz xolos. Telefonni berishingizni talab qilishga haqli edi. Agar o‘zi rozi bo‘lib savdoni buzgan bo‘lsa yaxshi, majburlagan bo‘lsangiz haqqiga tajovuz qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
7 Dekabr 2023, 12:41 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat