Sud va penya masalasi
Assalomu alaykum! Men xususiy kompaniyada yurist bo‘lib ishlayman. Korxonaning Sud ishlari ko‘p. Ya’ni bizdan qarz bo‘lgan va biz qarz bo‘lgan korxonalar. Da’vo ariza kiritganda shartnomada ko‘rsatilgan penyani ham ko‘rsatamiz (rahbar topshirig‘i bilan), bizdan ham xuddi shunday undirishadi. Faqat davlat tashkilotlaridan qarzni o‘zini undiramiz. Ammo men tushgan penyadan 1 so‘m ham olmayman, faqat belgilangan maoshni olaman. Savolim shuki: men bu ishlarga sherik bo‘lib qolmayabmanmi? Agar shunday bo‘lsa qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherik bo‘lyapsiz. To‘lov kechiktirilgani uchun jarima to‘latish noto‘g‘ri ekanini va bu ishni bas qilish lozimligini boshliqlarga ayting. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 14:20 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom