1000 taloq
Assalomu alaykum! Yaqinda turmush o‘rtog‘im bilan telefonda janjallashib qoldik menga jaxl ustida 1000 taloq senga deb javobimni berdilar. Shunday bo‘lsada men uyimga ketmadim va ertasi kuni yarashdik. Keyin bir domlaga borib nikox o‘qitirmoqchi bo‘ldik o‘rtaga taloq tushdi deb ammo domla dinimizda 1000 taloq degan so‘z yo‘q nikox o‘qish shart emas dedilar lekin aytgan gapiz bir taloq o‘rniga o‘tadi agar yana bir marta taloq so‘zini ishlatsangiz sizlarga birga yashashga ruxsat yo‘q dedilar. Lekin yuragimda xijl bor 1 taloq tushib nikox o‘qitirmaganimiz uchun birga yashashimish gunox, qiladigan ishlarimiz zino bo‘lib qolmadimi deb. Domlaning gapi to‘g‘rimi shu savolimga javob bersangiz nikox o‘qish shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat ayni yozganingizdek bo‘lgan bo‘lsa 3 taloq tushgan. Uch taloqdan keyin biorga yashash shar’an joiz emas. O‘zingizga yaqin joydagi ahli ilmga murojaat qilib masalani aniqlab olinglar. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 20:40 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush