Stenagramma yozish

Assalomu alaykum! Bizga stenagramma yozish va yozganimiz uchun pul taklif qilishyabdi. Bunda sudda dalil sifatida keltiriladigan audio yozuvlarni kompyuterda Vord dasturida matn shaklida yozib berishimiz kerak. Meni ikkilantirib turgan narsa shuki agar sud ayblanuvchilarga nohaq hukm chiqarsa yoki ayblanuvchiga tuxmat qilib audio odamlar tomonidan uyushtirilib yozib olingan bo‘lsa bu nohaqlikka, adolatsizlikka va gunohiga biz ham sherik bo‘lib qolamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

19 Dekabr 2023, 17:12 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar