Jimo va g‘usl orasida birovga ko‘rinish

Assalomu alaykum! Er xotin jimo qilgandan keyin, g‘uslsiz ota-onasiga ko‘rinsa ota onasi unga xarom bo‘lib qoladimi? Yoki er g‘usl qilsayu ayol hali g‘usl qilmagan bo‘lsa, erni ayoliga ko‘rinishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom bo‘lib qolmaydi. G‘usl qilgan odam g‘uslsiz odamga tegsa, qarasa yoki yonida yotsa zarar qilmaydi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَقِيَنِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّةً فِي طَرِيقٍ مِنْ طُرُقِ الْمَدِينَةِ وَأَنَا جُنُبٌ فَاخْتَنَسْتُ. وَفِي رِوَايَةٍ: فَانْسَلَلْتُ فَذَهَبْتُ فَاغْتَسَلْتُ ثُمَّ جِئْتُ، فَقَالَ: أَيْنَ كُنْتَ يَا أَبَا هُرَيْرَةَ؟ قُلْتُ: إِنِّي كُنْتُ جُنُبًا فَكَرِهْتُ أَنْ أُجَالِسَكَ عَلَى غَيْرِ طَهَارَةٍ، قَالَ: سُبْحَانَ اللهِ! إِنَّ الْمُسْلِمَ لَا يَنْجُسُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir marta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga Madinaning yo‘llaridan birida yo‘liqib qoldilar. Men junub edim, o‘zimni chetga oldim».
Boshqa rivoyatda:
«(Bildirmay chetlandim). Borib, g‘usl qilib keldim. U zot:
«Ey Abu Hurayra, qaerda eding?» dedilar. Men:

«Junub edim, siz bilan nopok holimda o‘tirishni yoqtirmadim», dedim. U zot:
«Subhanalloh! Musulmon najas bo‘lmas», dedilar», deyilgan. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 10:55 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar