Umrada ikki marta niyat
Assalomu alaykum! Bir uzrli ayol zulxulayfada umra niyatini qildi. Makkaga bordi, 3-4 kun o‘tib poklanganidan so‘ng tavof, sai qilmasdan Oisha ona masjidiga borib yana umra niyatini qilgan. Undan keyin tavof, say, soch oldirgan. Ikkinchi niyati xato bo‘lganmi? Kafforati nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kishi birdaniga ikki umra uchun ikkita ehrom bog‘lasa yoki birinchi umra tavofini qilishdan avval ikkinchi umra uchun ham ehrom bog‘lasa, bu suratda ikkinchi umra (kishi uni tark etishni xoh niyat qilsin, xoh qilmasin) o‘z-o‘zidan tark bo‘ladi. Ado qilingan umra amali esa birinchi ehromga tegishli, deb hisoblanadi. Bunday qilgan kishiga bir qurbonlik va bir umra qazosi lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam!
30 Dekabr 2023, 14:28 | Savol-javoblar | 0 | Haj va umra