Xizmat haqqimi yoki ribo
Assalomu alaykum! Bizning korxona mashinalarni ijaraga berish bilan shug‘ullanamiz. Mijozlarimiz yo‘l xarakati qoidalarini buzib qo‘ysalar jarimasi o‘z vaqtida to‘lanmasa bizni korxonaga undiruvi keladi. Aksariyat mijozlar o‘zi to‘laydi, shartnomamiz xam shunday. Ammo ayrim mijozlarimiz to‘lamaydi va undiruv bizga kelganidan keyin bizni korxona mulki va xisob raqamlariga ta’qiq o‘rnatilib jarimani bizga to‘latadi. Jarima to‘langandan keyin bizni xodimlar ta’qiqlarni echish va korxona faoliyatini qayta tiklash uchun bir necha kun vaqt va kuchligisini sarflashadi. Ana shunday mijozlardan, albatta oldindan kelishgan xolda, biz to‘lab bergan jarima summasidan tashqari, o‘zimizni xizmat va yugur-yugurimiz uchun qo‘shimcha xaq undirsak bo‘ladimi? Axir bizni xodimlar uning jarimasini ketidan yurgan vaqtlari, korxonani ancha ishi qolib ketadi. Ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Bu zararni oldini olishingiz mumkin edi. Unga mijozning yakka o‘zi sababchi emas. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 16:36 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Bu zararni oldini olishingiz mumkin edi. Unga mijozning yakka o‘zi sababchi emas. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 16:36 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom