Ayollarni tarbiyalash

Assalomu alaykum! Men bir narsaga aniqlik kiritmoqchi edim xozirgi kunda namoz o‘qiydigan va o‘qimaydigan ayollar turmush o‘rtog‘iga (eriga) gap qaytarib janjalashishadi hamda sensirab so‘kish odatlariyam bor siz manga yoqmisiz sizi yomon ko‘raman deb jaxl ustida gapirishadi ko‘pchilik yigitlar qo‘y mayli bolam bor deb indamay keyin yana yarashib ketishadi. Er xotin urushi doka ro‘mol qurishi degande. Yosh oilalarga qanday yo‘l tugani yaxshi, ajrashganimi birga yashaganimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Kim o‘zi bilan Alloh taoloning o‘rtasini isloh qilsa Alloh taolo u bilan boshqa insonlar orasini isloh qilib qo‘yadi. Erkak ham qanchalik haqiqiy taqvo ilmda ziyodalashgani sari ayoli ham unga itoatda ziyodalashib boraveradi. Mashoyixlardan biri: “Men Allohga osiy bo‘lganligimni ayolim va ulovimdagi itoatsizlikdan bilib olaman” deganlar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar