Ramazonda uzur so‘rashlik
Assalomu alaykum! Ro‘za oyi kelishidan oldin ko‘plar xammadan bittada uzur so‘raydi instagram yordamida. Shunga boshqalar bu noto‘ri ish faqat ro‘za oyi kegani uchun uzur so‘rash diyshvoti. Shu ishimiz noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi biror insonga zulm qilgan bo‘lsa yoki haqqini egan, g‘iybat qilgan, o‘zgalarning huzurida obro‘sini to‘kkan bo‘lsa albatta bu ishi uchun darhol istig‘for aytishi, nadomat chekishi, qayta bu ishga qo‘l urmaslikni qasd qilishi va o‘sha insondan uni kechirishligini so‘rashi, roziligini olishi shartdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deb marhamat qiladilar: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ : مَنْ كَانَتْ لَهُ مَظْلَمَةٌ لِأَحَدٍ مِنْ عِرْضِهِ أَوْ شَيْءٍ فَلْيَتَحَلَّلْهُ مِنْهُ الْيَوْمَ قَبْلَ أَنْ لَا يَكُونَ دِينَارٌ وَلَا دِرْهَمٌ، إِنْ كَانَ لَهُ عَمَلٌ صَالِحٌ أُخِذَ مِنْهُ بِقَدْرِ مَظْلَمَتِهِ، وَإِنْ لَمْ تَكُنْ لَهُ حَسَنَاتٌ أُخِذَ مِنْ سَيِّئَاتِ صَاحِبِهِ فَحُمِلَ عَلَيْهِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim birovning sha’niga yoki biror narsasiga zulm qilgan bo‘lsa, uni bugun – dinor ham, dirham ham bo‘lmay qolishidan oldin – rozi qilib olsin. Agar solih amali bo‘lsa, undan qilgan zulmi miqdorida olinadi; yaxshiliklari bo‘lmasa, haq egasining yomonliklaridan olinib, bunga yuklatiladi». Buxoriy rivoyati.
Kechirim so‘rash, rozilik olish, uzr izhor qilishga har vaqt shoshilish zarur. Shariatimizda bu ish ramazon oyi, qadr kechasi, iyd kuni kabi biror vaqtga xoslab qo‘yilmagan. Uni ortga surish va kechiktirish to‘g‘ri emas. Magaram agar mazlumning qalbi yumshaydigan vaqt, o‘rin va holatni kutish uchun bo‘lsa mayli. Kimningdir kechirim so‘rashga bo‘lgan himmati va jur’ati aynan ramazon oyida etsa bu ishni qilishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar