Ruhiy kasal javobgarmi

Assalomu alaykum! Men bir erda erning otasi yoki aka ukasi ayoliga nisbatan shahvati uygonsa ayoli unga harom bo‘lishini o‘qib qoldim, meni turmush o‘rtog‘imning ukasi bolalikdan ruhiy kasal tashxisi qo‘yilgan, yoshi 25da lekin aqli hushni joyida ismini taniydi savollarga javob beradi, men hovlida yoki umumiy xonada farzandimni emizsam poylaydi ko‘p shahvati uyg‘onganini payqaganman buni yashirishga urinadi shungacha aqli etadi, bu holatda men erimga harom bo‘lib qolmaymanmi maslahat bering iltimos
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz hurmati musoharat masalasi haqida so‘rayapsiz. Qayni ukangizda shahvat uyg‘onishi sababli siz eringizga harom bo‘lib qolmaysiz. Vallohu a’lam!

4 Yanvar 2024, 08:21 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar