Quyosh erni atrofida aylanadimi?
Quyidagi oyatni qanday tushunsa bo‘ladi? «Quyosh o‘z istiqrori tomon harakatlanur. Mana shu Aziz va Biluvchi zotning o‘lchovidir» (Yasin 38). Quyosh er atrofida aylanadimi? Ba’zi bir internet sahifalarda «Falakiyotshunoslar (astranomiklar) aytganidek, erni quyosh atrofida aylanishi kufriy etiqoddan deb qaraladi" degan qovllarni ham o‘qib qolamiz! Yuqoridagi oyatni dalil qilishyabdi! Bizga to‘g‘ri e’tiqodni tushintirsangiz! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Er quyoshning atrofida aylanishi haqiqat, shu bilan birga quyosh ham harakatlanishi ham haqiqat. Kitob o‘qiganingizda bu savolni bermagan bo‘lar edingiz. Buni allaqachon o‘z tilimizda bayon qilingan. 38. Quyosh o‘z istiqrori uchun yuradir. Bu o‘ta izzatli, o‘ta biluvchi Zotning o‘lchovidir. Quyosh ham Alloh taoloning Birligiga va Borligiga, har bir narsaga qodirligiga, jumladan, o‘liklarni qayta tiriltirishga ham qodir ekaniga bir oyat-belgidir. Oyatda quyoshning yaratilishi, uning ulkanligi, taratib turgan ziyosi va boshqa xususiyatlari haqida emas, balki o‘z istiqrori uchun ajratilgan makonda va zamonda harakatlanishi haqidagina gap ketmoqda. Avvallari olimlar «Quyosh joyida sobit turadi, boshqa sayyoralar uning atrofida aylanadi», – deb aytar edilar. Keyingi kashfiyotlar quyosh ham harakat qilishini ko‘rsatdi. Falakiyot ilmi olimlarining aytishicha, quyosh bir soniyada o‘n ikki mil tezlik ila harakat qilar ekan. U o‘ziga istiqror qilingan manzil va vaqt tomon doimiy harakatda ekan. Falakiyot ilmi yaqindagina kashf etgan bu ulkan haqiqatni Qur’oni Karim bundan o‘n to‘rt asr ilgari bir qisqa oyatining yarmida aytib o‘tgan ekan. Xo‘sh, shunday ulug‘ bir sayyorani o‘z istiqrori tomon joriy qilib qo‘ygan Zot o‘lganlarni qayta tiriltira olmasmi?! «Bu o‘ta izzatli, o‘ta biluvchi Zotning o‘lchovidir». Alloh Aziyzdir. Barchadan g‘olibdir. Har bir narsaga qodirdir. O‘ta biluvchi Zotdir. Quyosh o‘sha Zot taqdir qilgan jarayonda harakatlanadi. Shuning uchun u o‘z vazifasini bekamu ko‘st ado etib turibdi. Xuddi o‘sha Zot o‘lganlarning qayta tirilishini ham taqdir qilib qo‘ygan, vaqti kelganda, bu ish ham bekamu ko‘st ado etilajak.
29 Aprel 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar