Yosh bolaning tahorati

Assalomu alaykum! Alhamdulillah, shu yil Ramazonda namozga kirdim, mana 5 oydirki namoz o‘qimoqdaman, ukam bor yoshi 9 da, u meni namoz o‘qiganimni ko‘rib namoz o‘qishni o‘rgating deyapti, hattoki namoz o‘qiganimda oldimga yashirincha kelib, suralarni ham yod olib bo‘libdi, men unga jonim bilan o‘rgatishga tayyorman, ammo hali yoshligi sababli tahoratida nuqson bo‘lishi, namozlarini qazo qilishi, istinjo qilmasligi mumkin, shuning uchun maslahat bersangiz shunday holatlarda nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratini bor yo‘qligiga aslo qaramang. U yoshdagilarga tahoratsiz Qur’onni ushlab o‘qishga ham ruxsat berilgan. O‘zingiz ham hojat chiqargan holatdan boshqa holatlarda istinjo(avratlarni yuvish) qilmang. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar