Tashahhud haqida
Assalomu Alaykum Shayx hazratlari!Tashahhud qanday namoz? U haqida qurónda yoki hadisda nimalar deyilgan? Tashahhud namozini qachon o´qiladi? Nima deb niyat qilinadi? Tashahhud namozida qaysi suralarni o´qigan maqul? Tashahhud namozidan keyin qanday duolar qilinadi? umuman bu namoz haqida to´liq malumat bersangiz! Qimmatli vaqtingizni ayamasdan men va barcha forumdosh birodarlarning savollariga juda ham aniqlik bilan javob berayotganingizdan nihoyatda hursandmiz. Alloh sizdan rozi bo´lsin, oýlagan maqsadlaringizga ortigí bilan etkazsin Omiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tashahhud degan namoz yo‘q. Namozda «Attahiyotu»ni o‘qishni tashahhud deyiladi. Siz «tahajjud» namozi to‘g‘risida so‘ramoqchisiz. Ammo e’tiborsizlik qilib, uning nomini ham to‘g‘ri bila olmagansiz. Ming afsus bo‘lsinki, ichimizda bu nuqson keng tarqalgan. Misol uchun ko‘pchilik «tafsir» deyish o‘rniga «tavsir» deyishadi. Diniy atamalarni talaffuz qilishda, yozishda alohida e’tiborli bo‘lish kerak. Axir iymon-e’tiqod, savob-gunoh, jannat-do‘zax kabi narsalarga bo‘og‘liq bu. Tahajjud namozi.Bu namozning ozi ikki, ko‘pi sakkiz rak’atdir.Alloh taolo: «Kechasida tahajjud (namozi) qil. Senga nofila bo‘lur. Shoyadki, Robbing seni maqomi mahmudda tiriltirsa», degan.Ushbu oyat ila tahajjud namoziga targ‘ib qilish Qur’onda kelgani eslatilmoqda. Kechasi bir uxlab turib o‘qiladigan namozni tahajjud namozi, deb ataladi. Shuningdek, bu namozni qiyom namozi, deb ham aytiladi. Avval boshida bu namoz vojib bo‘lgan edi. Bir yilchadan keyin vojibligi nasx qilingan.Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga kechaning qiyomi lozimdir. Chunki, U sizlardan oldingi solihlarning odatidir. U Robbingizga qurbatdir. U yomonliklarga kafforotdir. U Gunohlarni qaytaruvchidir», dedilar».Boshqa bir rivoyatda: «U jismdan dardni quvuvchidir» ham degandi.Termiziy, Ahmad va al-Hokim rivoyat qilgan.Sharh: Namozning foydalarini sanab sanog‘iga etib bo‘lmaydi. Uning turli foydalarini qadimda ham, hozirda qam yaxshi bilib, tushunilgandir.Ushbu hadisda esa, kechasi namozning o‘ziga xos ba’zi foydalari zikr qilinmoqda:1. «U sizlardan oldingi solihlarning odatidir». Islom ummatidan oldin qancha ummatlar o‘tgan bo‘lsa, ularning barchalarining solihlari kechasi namoz o‘qishni o‘zlariga odat qilib olgan ekanlar. Islom ummatining solihlari ham buni o‘zlariga odat qilib olishlari lozim ekan. Demak, kim kechasi tahajjud namozi o‘qishni o‘ziga lozim tutsa, insoniyat tarixida o‘tgan barcha ummatlarning ahli solihlari ibodat silsilasiga qo‘shilar ekan. Har birimiz ushbu soadatga erishish payidan bo‘lishimiz kerak.2. «U–Robbingizga qurbatdir». Robbil olamiynga yaqin bo‘lishlik har-bir mo‘minning oliy g‘oyasidir, orzu-umididir. Allohga qurbat hosil qilish uchun har-qanday ishga rozi bo‘lganlar ko‘p. Ana o‘sha qurbatga erishishning eng oson yo‘llaridan biri kechasi tahajjud namozi o‘qishdir. Kim Allohga muqarrab banda bo‘laman desa, kechasi tahajjud namozi o‘qisin. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xabar bergan narsa bo‘lmay qolmaydi. U inson, albatta, Alloh taologa qurbat hosil qiladi.3. «U–yomonliklarga kafforotdir». Bandai ojiz yomonliklarni qilib qo‘yib, ularni qandoq qilib yuvishni o‘ylab yuradi. Sodir etilgan yomonliklarning eng yaxshi kafforoti kechasi o‘qiladigan tahajjud namozi ekan. Bas, shundoq ekan bu namozni o‘qishga har bir musulmon banda harakat qilishi kerak.4. «U–Gunohlarni qaytaruvchidir».Inson hal qilish chorasini topa olmaydigan muammolardan biri, qandoq qilib gunoh qilishdan chetlanib qolishdir. Bu muommoning hal qilishning eng samarali chorasi kechasi tahajjud namozi o‘qishdir. Bu namozni etarlicha o‘qigan odamda malaka hosil bo‘ladi. Boshqalardan ko‘ra gunohlardan chetlanishi oson bo‘lib qoladi. Allohga etishgan, valiylik darajasiga ega bo‘lgan azizlarning hammasi kechasiga tahajjud namozidan to‘la foydalanishgani hech kimga sir emas.5. «U–jismdan dardni quvuvchidir».Demak, kechasigi tahajjud namozining sog‘lik-salomatlikka ham foydasi bor ekan. Bu haqiqat ham, tajriba va ilmiy bahs yo‘llari ila sobit bo‘lgan haqiqatdir.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kechasigi tahajjud namozida bu dunyo yaxshiligiyu, oxirat saodati mujassamdir.
29 Aprel 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 131 | Boshqa ibodatlar