Halolmi harommi?

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim yuqumli, xavfli kasalliklar shifoxonasida shifokor bo‘lib ishlaydilar. Ba’zan maosh emas bemorlarim berdi deb pul olib keladilar. O‘ziz so‘rab oldizmi desam, yo‘q davolaganim uchun o‘zlari tashlab ketishadi deydilar. Bemorlar rozi bo‘lib o‘zi beradigan bu pullar harommi? Shubhali bo‘lgani uchun olmang, umuman so‘rab olmang deb qayta qayta aytaman. Shu savolimga aniqlik kiritsangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bemorlar ikki xil suratda pul berishadi. 1-si yaxshi qarasin deb, buni olish joiz emas. Chunki yaxshi qarash shifokorlarning vazifasi bo‘lib oylik maoshni shuning uchun olishadi. 2-si xursand bo‘lganidan berishi. Buni hadya deb qabul qilish mumkin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar