rajab oyi
Assalomu alykum ustoz!Man bir narsani so‘ramoqchiydim. Rajab oyi kelishiga oz qoldi. Bu oyda qanday ibodatlar qilinadi, qaysi kunlari ro‘za tutilsa yaxshiroq? uyda "muqaddas oylar va mustajob duolar" degan kitob bor. Lekin uni ishonchli emas deb eshitdim. Sizni Alloh o‘z panohida asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kitob haqida eshitgan gapingiz to‘g‘ri. RAJAB RO‘ZASIUsmon ibn Hakimdan rivoyat qilinadi: «Sa’id ibn Jubayrdan Rajab oyida turganimizda, Rajab ro‘zasi haqida so‘radim. U: «Ibn Abbosning, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der, edik, deyayotganini eshitganman»-dedi».Usmon ibn Hakim Sa’id ibn Jubayrdan Rajab oyi ro‘zasi haqida so‘rasa ham, u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning doimiy odatlari haqida javob berganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam gohida surunkasiga ro‘za tutar edilar, hatto, kishilar, u kishi og‘izlarini ochmaslar kerak, deb o‘ylab qolishadi. Gohida esa, surunkali og‘izlari ochiq yurganlaridan kishilar, endi ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylab qolishar edi. Rajab oyda ham shundoq bo‘lar edi.Mujiyba al-Bohiliyya roziyallohu anhodan u kishi o‘z otalari yoki amakilaridan rivoyat qiladi: «Albatta u (otasi yoki amakisi) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga boribdi. So‘ngra esa bir yildan keyin yana holati va ko‘rinishi o‘zgargan holda kelibdi va:«Ey Allohning Rasuli meni tanimayapsizmi?»-debdi.«Seni nima o‘zgartirdi? Chiroyli ko‘rinishda eding?»-dedilar.«Sizdan ajraganimdan so‘ng faqat kechasigina taom edim»-dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Nima uchun o‘zingni azobga solding?»-dedilarda, so‘ngra:«Sabr oyi ro‘zasini tut va har oydan bir kun tut»- dedilar.«Bir oz ziyoda qiling, mening quvvatim bor»-dedi.«Ikki kundan ro‘za tut»-dedilar.«Bir oz ziyoda qiling»-dedi.«Uch kundan ro‘za tut»-dedilar.«Bir oz ziyoda qiling»-dedi.«Harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, deb uch barmoqlarini buklab yozib ko‘rsatdilar». Abu Dovud, Ahmad va Nasaiy rivoyat qilgan.Ushbu hadisidan olinadigan foydalar:1. Yil bo‘yi ro‘za tutish shariyatga to‘g‘ri kelmasligi, o‘zini o‘zi azoblash ekanligi.2. Nafl ro‘za tutmoqchi bo‘lgan odam Ramazondan boshqa oylarda bir kundan, ikki yoki uch kundan tutsa bo‘lishi.3. Agar mazkur miqdorni ham oz deb, bilsa ashhurul hurumda-harom oylarda uch kun-uch kundan tutsa yaxshi bo‘lishi. Ushbu hadisni bu faslda keltirilishining sababi Rajab oyi ham harom oylardan bo‘lganidandir. Alloh taolo Qur’oni Karimda: «Albatta, Allohning huzurida oylarning soni, Allohning huzurida osmonlar erni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rtasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to‘g‘ri dindir. U (oy)larda o‘zingizga zulm qilmang»-degan.Harom oylar, degani hurmatli, ulug‘langan, urush-janjal, dushmanlik harom qilgan oylar, deganidir. Ana o‘sha hurmatli to‘rt oy–Muharram, Zul-Qa’da, Zul-Hijja va Rajab oylaridan iboratdir.Demak, Rajab oyda nafl ro‘za tutish savobli ish hisoblanadi. Mashhur sahih kitoblaridan boshqa hadis kitoblarida keltirilgan rivoyatlarda Rajab oyida ro‘za tutganlarga ulkan savoblar va’da qilingan. Ilojini topgan kishilar bu oyda nafl ro‘za tutsalar yaxshi bo‘lishi aniq.-
29 Aprel 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 370 | Boshqa ibodatlar