Qarzini qaytarishga harakat qilmayotgan(do‘ppichi)larga
Assalomu alaykum! Bir do‘stimiz bor odamlardan katta miqdorda qarz bo‘lib qolgan. Shu qatorda mendan ham. Qarz bo‘lishiga sabab uch yil oldin boshiga dunyoviy musibat tushib bir odamdan qarzdor bo‘lgan keyin uni qaytarishga harakat qilmay loqayd bo‘lib yuravergan. Haqdor talab qilganda boshqa kishidan olib bergan, qo‘pol qilib aytganda uni do‘ppisini bunga kiygazgan. Uch yil ichida shu tariqa davom etib, qarz 2-3 barobarga ko‘payib ketgan. Hech qaerda ishlamaydi, olifta bo‘lib kiyinib olgan ko‘rgan odam havas qiladi, ish taklif qilsam biror baxona qiladi(qimmatga ishla, yoki tekinga ishla, hech qachon arzonga ishlama) kam oylik qoniqtirmaydi. Shunaqa dangasa, ishyoqmas, loqayd yiqitlarimizga, nasihat qilsangiz ko‘pchilikka zulm qilyapti, odamlarning aybi qarz bergani emasku axir. Alloh insof bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida ularni bu ahvolga solayotgan ham o‘zimiz. Ularni qallob, olifta ekanligini bilib turib ularga pul berayapmiz. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi. وَلاَ تُؤْتُواْ السُّفَهَاء أَمْوَالَكُمُ الَّتِي جَعَلَ اللّهُ لَكُمْ 5. Alloh sizlarga (hayot) tirgagi qilib qo‘ygan mollaringizni esi pastlarga bermang.
O‘zi u kabi insonlarga pul beruvchilarning tabiatida ham biroz buzuqlik bor. Endi o‘sha do‘ppi kiydiruvchi insonlarga kelsak, ommaga u insonni do‘ppi kiydiruvchi bo‘lib qolganini e’lon qilish kerak. Chunki haqdorlar yaxshi gapirib o‘zini haqqini olmoqchi bo‘lsalar aniqki kimnidir do‘ppisini olib kelib berishga majbur. Shariatga ko‘ra esa, ishni avvalidayoq bor mol mulkini sottirilib haqdorga olib berilar va hammaning ichida “Bu shunaqa tabiati buzuq inson” deb e’lon qildirar edi. Hozir ham haqdorlar shu ishni qilishlari kerak. Bu sharmanda qilish yoki g‘iybat qilishga kirmaydi. Aksincha odamlarni uning yomonligidan saqlashga kiradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar