Yomonlikdan keyingi yaxshilik haqida

Assalomu alaykum! Men Imom al-Buxoriy (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) ning Al jome as-sahih kitobidagi quyidagi hadis haqida Abu Idris al-Xavaloniy Huzayfa ibn al-Yamondan naql qiladilar: “Odamlar Janob Rasulullohdan yaxshilik haqida, men bo‘lsam, boshimga tushishidan xavotirlanib yomonlik haqida so‘rar edim. Shunda men: “Yo Rasululloh, biz ilgari jaholatda (johiliyatda) edik ma’lumki u yomonlik edi, keyin Alloh taolo bizga marhamat qilib ushbu yaxshilikni (islomni) ato etdi, aytingizchi, shu yaxshilikdan so‘ng yomonlik kelami?” - dedim. Janob Rasululloh “Ha!” - dedilar. Men: “O‘sha yomonlikdan keyin yana yaxshilik keladimi?” - dedim. Janob Rasululloh: “Ha, ammo uning tutuni bo‘ladi!” - dedilar. Men: “Uning tutuni nimadir?” - dedim. Janob Rasululloh: “Odamlar mening sunnatimdan o‘zga dasturga rioya qiladilar, ulardan yaxshilikni ham, yomonlikni ham kutish mumkin”, - dedilar. Men: “Ana shu yaxshilikdan keyin ham yomonlik keladimi?” - dedim. Janob Rasululloh: “Ha, jahannam darvozasiga da’vat qiluvchilar paydo bo‘ladi, kimki ularning da’vatiga javob qilsa, uni jahannam qa’riga uloqtiradilar!” - dedilar. Men: “Yo Rasululloh, o‘sha kishilarni bizga tavsiflab bering!” - dedim. Janob Rasululloh: “Ular o‘z urug‘imizdan bo‘lib, bizning tilimizdan so‘zlaydilar”, - dedilar. Men: “Agar men o‘sha davrda hayot bo‘lsam, nima qilishimni buyurasiz?” - dedim. Janob Rasululloh.: “Musulmonlar jamoasidan ayrilmagin, ularning imomlariga ergashgin!” - dedilar. Men: “Basharti, o‘sha zamonda na musulmonlar jamoasi va na imomlar bo‘lmasachi?” - dedim. Janob Rasululloh: “Garchi daraxt tomirini kemirib kun ko‘rishingga to‘g‘ri kelsa ham seni sabr qilishga da’vat qiluvchi Alloh taoloni qalbingga mahkam tugib olginda, o‘la-o‘lguningcha o‘sha zamon fitnachilaridan yiroq bo‘lgin!” - dedilar. Shu hadisdagi "tutuni bor" davr keladimi, musulmonlar yana rivojlanishi bashorat qilinganmi? Savolim noto‘g‘ri yoki o‘rinsiz bo‘lsa Alloh kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmonlar, Iyso alayhissalom kelgach va imom Mahdiy chiqqach yana shonu shavkatga ega bo‘ladilar. Shuningdek har davrda izzatga sabab bo‘ladigan insonlarni ham chiqarib turadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 150 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar