Bankdagi omonat pulning foizi

Assalomu alaykum! Savol: Mendan bir onaxon savoliga javob so‘rab berishni iltimos qilgan edi. Aniqroq bo‘lishi uchun onaxonning tilidan yozaman. Men haj uchun to‘plagan pullarimni bankga omonatga qo‘ygan edim. Undan qanchadir miqdorda foiz berishayapti. Shu foiz pullarini o‘g‘limning qiziga bersam bo‘ladimi? Nevaram turmushga chiqqan, lekin nevara kuyovim va nevaram juda nochor holda yashaydi. Shu holatda nevaramga bersam bo‘ladimi? Agar nevaraga berish mumkin bo‘lmasa, nevara kuyovga bersa bo‘ladimi? Yoki begona kambag‘alni topib beraymi? Alloh umrilaringizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! Birinchi qilgan ishingiz o‘zi joiz emas. Haromdan kelgan molning hukmi ota-onaga qancha yuqorilashsa ham, farzandlarga qancha pastga tushsa ham berish joiz emas. Kuyov begona hisoblanadi.

29 Aprel 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar