Diplom ishlarini pulga yozish

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining ba’zi talabalari konspekt, kurs ishi, diplom ishlari va boshqa amaliy vazifalarni o‘zlari yozish o‘rniga boshqa bir o‘quvchilarga berib pulga qilib berishni so‘rashadi. Shu kabi vazifalarni ularning o‘rniga bajarib berib, evaziga pul olsa harom bo‘lmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda kilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday qilish joiz emas. Oddiy misol jarrohlikka o‘qiyotgan talaba shu kabi ishlar bilan o‘qishni tugatgan bo‘lsa va birorta insonni ilmsizlik tufayli o‘limiga sabab bo‘lsa o‘sha o‘rniga yozib bergan ham gunohiga sherik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar