Unitilayotgan hadis

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam - Eslab qoling xech qachon bir ish qo‘lingizdan kelsa birovga tilanmang deganlar, shundan so‘ng saxobalar otda o‘tirsalar qamchilari erga tushib ketsa birovga aytmasdan o‘zlari tushib olganlar.
Shu ma’noda hadis eshitganman. Iltimos shu xadisni sharxi bilan keltirsangiz va iloji bo‘lsa xamma o‘qishi uchun telegramga ham qo‘ysangiz. Chunki xozirgi kunda odamlar obro‘ uchun yoki o‘zini boshqasidan ustunligi ko‘rsatish va boshqa maqsadlarda oddiy o‘zi bemalol qila oladigan ishlarni xam bir biriga buyuradigan bo‘lib qolgan. Bu esa odamlarni bir biriga bo‘gan nafratni faqat oshirmoqda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ الْأَشْجَعِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: كُنَّا عِنْدَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، تِسْعَةً أَوْ ثَمَانِيَةً أَوْ سَبْعَةً، فَقَالَ: «أَلَا تُبَايِعُونَ رَسُولَ اللهِ؟» وَكُنَّا حَدِيثَ عَهْدٍ بِبَيْعَةٍ، فَقُلْنَا: قَدْ بَايَعْنَاكَ يَا رَسُولَ اللهِ، ثُمَّ قَالَ: «أَلَا تُبَايِعُونَ رَسُولَ اللهِ؟» فَقُلْنَا: قَدْ بَايَعْنَاكَ يَا رَسُولَ اللهِ، ثُمَّ قَالَ: «أَلَا تُبَايِعُونَ رَسُولَ اللهِ؟» قَالَ: فَبَسَطْنَا أَيْدِيَنَا وَقُلْنَا: قَدْ بَايَعْنَاكَ يَا رَسُولَ اللهِ، فَعَلَامَ نُبَايِعُكَ؟ قَالَ: «عَلَى أَنْ تَعْبُدُوا اللهَ وَلَا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا، وَالصَّلَوَاتِ الْخَمْسِ، وَتُطِيعُوا - وَأَسَرَّ كَلِمَةً خَفِيَّةً - وَلَا تَسْأَلُوا النَّاسَ شَيْئًا» فَلَقَدْ رَأَيْتُ بَعْضَ أُولَئِكَ النَّفَرِ يَسْقُطُ سَوْطُ أَحَدِهِمْ، فَمَا يَسْأَلُ أَحَدًا يُنَاوِلُهُ إِيَّاهُ Avf ibn Molik Ashja’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «To‘qqiz yo sakkiz yoki etti kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. U zot: «Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» dedilar. Biz yaqindagina bay’at qilgandik. Shu bois: «Sizga bay’at qilganmiz­ku, ey Allohning Rasuli!» dedik. U zot yana: «Allohning Rasuliga bay’at qilmaysizlarmi?» dedilar. Biz: «Sizga bay’at qilganmiz­ku, ey Allohning Rasuli! Xo‘p, nimaga bay’at qilaylik? Qaysi narsaga bay’at qilamiz?», dedik. U zot: «Allohga ibodat qilish, Unga hech narsani sherik qilmaslik, besh mahal namoz o‘qish, itoat qilishga va – yashirin bir gapni pichirladilar – odamlardan hech narsa so‘ramaslikka», dedilar. Darhaqiqat, ana o‘shalarning ba’zilari qamchisi tushib ketsa ham, biror kishidan uni uzatib yuborishni so‘ramaganini ko‘rganman». Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:15 | Savol-javoblar | 125 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar