Mukammal iymon va ilmga muhabbat

Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari Alloh ilmimgizni ziyoda qilsin. Menda ilm olishga qiziqish tobora kamayib bormoqda(dunyo ilmiga va islomga ham) lekin o‘zim juda ham o‘rganishni xohlayman, lekin qandaydir kuchmi yoki g‘ayratmi etishmaydi. Namozlarimni mukammal o‘qiy olmayapman. Iymonim ham sustlashganday nazarimda. Juma namozlariga institutda o‘qishim tufayli chiqa olmayman. Menga qandaydir yo‘l ko‘rsatinglar iltimos. Nima qilishim kerak qanday qilib iymonimni tiriltiray? Namozlarimda qanday duolar qilay? Ilm olishga va iymonimni mustahkam qilishim uchun nima qilishim kerak? Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘ziga ko‘ringan va qulog‘iga eshtilgan har bir ma’lumotni insonga ta’siri bo‘ladi. Shuning uchun internet, televizordan tiyiling. Ular qo‘zg‘ovchilar hisoblanadi. Agar ular yaxshilikka qo‘zg‘aganida edi targ‘ib qilgan bo‘lar edik. Inson o‘zidagi kuch va fikrni qo‘zg‘atuvchisiga qarab harakatga keltiradi. Demak sizni atrofingizda sizni ilmdan boshqa narsaga qo‘zg‘atuvchilar bor va siz ularga ahamiyat bermoqdasiz. Alloh taolo: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ۝ 119. Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar” degan.(Tavba surasi). Sahoba roziyallohu anhumlarlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Yo Rasululloh sizni huzuringizda bo‘lganimizda boshqacha holatda, ya’ni qalbimiz erigan, ibodatga moyil bo‘lamiz. Huzuringizdan chiqqach u holat bizdan yo‘qoladi” deyishgan. Sahobalardaki tashqi muhitdan ta’sirlanish bo‘lganidan keyin sizu-bizda ta’sirlanish albatta bo‘ladi. Ulardan qutilish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘rlari huzurida bo‘lib turish kerak. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 162 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar