O‘tganlar tushga kirish

Assalomu alaykum! Ustozlar, mani do‘stim bor, otasi vafot etgan. Man do‘stimni namozga chaqirdim, Alloh tavfiq berib man bilan birga masjidga qatnashni boshladi. Bir kuni tushimda do‘stimni otasini ko‘rdim. U inson yonimga kelib sizga rahmat dedi. Savolim, o‘lganlarga shu kabi xabarlar etkaziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Etkaziladi. Ammo ruhlar hamma vaqt hoziru-nozir, tiriklarni ko‘rib turadi degan e’tiqod noto‘g‘ri. عن أنس مرفوعاً: إن أعمالكم تعرض على أقاربكم وعشائركم من الأموات، فإن كان خيراً استبشروا به، وإن كان غير ذلك قالوا: اللهم لا تمتهم حتى تهديهم كما هديتنا رواه الإمام أحمد Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarni qiladigan amallaringizni vafot topgan qarindosh va urug‘laringizga ko‘rsatilinadi. Agar yaxshi bo‘lsa, ular bundan xursand bo‘ladilar. Agar boshqa bo‘lsa “Allohim bizlarni hidoyat qilganingdek ularni ham hidoyat qilmaguningcha vafot toptirmagin” deydilar” dedilar. Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 16:21 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar