Nomahram muslima va muslim kishilar suhbatlashsa boladimi
Hurmatli Shayx!!! Meni qiynayotgan bitta savol bor, shunga olloh uchun ozgina vaqtingizni ajratib javob yozsangiz, juda hursand bolardim.Men ozi chet elda ishlayman, yaqinda otpuskaga yurtimga kelgan edim, uylanish maqsadida qarindoshimiz menga bitta muslima ayolni korsatdilar. Uylariga bordim Otasi bilan suhbatlashdim, songra qizi bilan ham ozgina suhbatlashdim, hullas qiz menga yoqdi, men sovchi yubordim, qiz, ota onasi, men va ota onam rozi boldik, hullas bordi keldi hamma marakalar boldi, faqat biz toyni 9 oydan keyin bolishga kelishdik ular ham rozi boldi, sababi Men ish joyimga qaytib 8 oy ishlab qaytib kelishim kerak, shunga hozir man yana chet elda ishlayapman, muslima ayol esa islom universitetining 4 kursida oqiyapti. Man unga sotka olib bergan edim, aloqada bolish maqsadida. Hullas hozirgi aloqa telefon orqai 2 haftada 1 marta gaplashamiz, sotkasiga esa kuniga sms yozaman, u esa menga 1 yoki 2 marta javob yozadi, mavzu hol ahvol sorash holos, va bir birimizni yaxshiroq bilish maqsadidagi suhbat. Yana birda bir internetga kirib hatlashib turamiza. Shunga u muslima ayol nomahrambiz hali shuday aloqa vositasidan foydalansak durust bolarmikan deb yozdi, haqqatdan ham gapi togri, shunga sizdan soraydigan narsam shunday aloqa vositasidan foydalanishim durustmi?? Yoki u bilan aloqani butunlay uzaymi nikohgachan? Yoki yana qandaydir yoli bormi aloqani ushlab turushga? Shuni batafsilroq hadislar bilan keltirsangiz, oldindan rahmat. olloh hammamizdan rozi bolsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oila qurishga qaror qilingan bo‘lsa, odob doirasidan chiqmay siz aytgan vositalar ila hol so‘rab turish joiz.
29 Aprel 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oila qurishga qaror qilingan bo‘lsa, odob doirasidan chiqmay siz aytgan vositalar ila hol so‘rab turish joiz.
29 Aprel 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush