Haj yoki umraga ketayotgan kishiga salom aytib yuborish

Assalomu alaykum! Xaj yoki umra safariga ketayotgan odamga «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salom aytib qo‘ying» deyish kerakmi? Bu ishni xikmati nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Salom yo‘llanishga eng haqli zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. Ko‘rmaysizmi, har bir uzoqdan kelgan kishini kuzatayotganingizda yoki uzoqqa ketayotgan yaqinlaringizga o‘zingizga yaqin deb bilgan kishilarga “Falonchiga salom ayting” deb tilak bildirasiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘ra bizga yaqin kim bo‘lishi mumkin. Qolaversa u zot qabri shariflari yoniga borib salom beruvchining salomini eshitadilar va alik oladilar. Gohi-gohida Jabroil alayhissalom kelib, “Robbingiz sizga salom yubordi” deb turardilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar