Qiziqchilar videolari haqida
Assalomu alaykum! Izlash xizmatida aynan men bermoqchi bo‘lgan savol yo‘q ekan. Men o‘zi uchun behuda ishlarni tark qilish kishi Islomining husnidanligini bilaman, ushbu hadisni zamirida katta foydalar yotganini yaqinda hayotimga tatbiq qilib tushundim. Oldin men ashaddiy futbol muxlisi edim, televizor kam ko‘rsam-da ko‘p filmlar ko‘rardim, hech qaysi futbolni videosi yoki o‘zini tunda bo‘lsa ham ko‘rmasdan o‘tkazib yubormasdim. Endi yuqoridagi narsalardan voz kechishga qaror qildim, xolis Alloh uchun! Faqat internetda yangiliklardan xabardor bo‘laman va Shayximiz rahimahullohning kitoblarini o‘qishga odatlandim “hilol e-book”dan. Hayotim oldingidan-da go‘zallashganini va ko‘p narsaga ulgurayotganimni sezdim. Savolim, endi hozirda bachkana bo‘lmagan, uyatsiz va behayo gaplardan uzoq bo‘lgan, hayotimizda, voqelikdagi ochiq haqiqatlarni hazilomus tarzda xalqqa etkazadigan qiziqchilarni kontsertlarini kontsert zaliga alohida vaqt ajratib emas, diski chiqqanda olib ko‘rsa bo‘ladimi, joizmi? Men bahona ko‘pchilik bilib olardi degan umidim bor. Agar uni ham tark qilishim shariat bo‘yicha shart bo‘lsa aytsalaringiz bo‘ldi. Savol yozishimdan oldin sizlarni maslahatlaringiz bilan ish tutishga niyat qildim. Fursatdan foydalanib, “hilol e-book” android dasturini tuzishdagi mehnatlari uchun jamoangizga juda yuksak hurmatim borligini aytmoqchi edim. Qo‘limizdagi smartfon qurilmasidan juda unumli foydalanayapmiz. Allohga hamdlar bo‘lsin! Ishlaringizni rivojini bersin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘onchilik xulqlarning yomoni va o‘ta pastkashlik bo‘lib, Islom shariati uni iymonni susaytiradigan, iymondan uzoqlashtiradigan va munofiqlikning belgilaridan bo‘lgan xulq deb e’tibor qiladi. Shariatimiz muayyan, istisnoli o‘rinlardan boshqa o‘rinda yolg‘on gapirishga ruxsat bermaydi. Bu istisnoli o‘rinlar ichida hazillashib yolg‘on gapirishga o‘rin yo‘q. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni kuldirish maqsadida gapiriladigan yolg‘ondan ham qaytarganlar. Aytganlarki: “Gapirib qavmni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kimsaga vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin,...” Imom Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati. Yolg‘onning zarari katta va barcha razolatlarga poydevor bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vaylni takror-takror aytdilar. Boshqa hadisda esa shunday deganlar: “Banda yolg‘onni hatto mazah va janjal o‘rnida ham tark qilmagunicha to‘liq iymon keltirgan bo‘lmaydi, agarchi o‘zi rostgo‘y bo‘lsa ham” Imom Ahmad va Tobaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 157 | Mediya