Qurbonlikda ota roziligi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaxshi niyatlar bilan onam qurbon xayitida o‘z nomlaridan qurbonlik qildilar, lekin otam bundan noroziman deb to‘nlarini teskari kiyib oldilar. Ota-onam birgalikda pul topishadi. Onamning bu qurbonliklari qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zining mulki nisobga etgan bo‘lsa zimmasiga vojib bo‘ladi. Qurbonlik qilsa zimmasidagi vojibni ado qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar