Shovqin joyda namoz o‘qiganda

Assalomu alaykum! Jamoat namozida imom Fotiha surasini qiroat qilishni boshlaganda takbiri tahrimani aytdim. Imom qiroatni mikrofonda qilayotganliklari sababli aytgan takbiri tahrimam o‘zimga eshitilmadi. Namozga kirgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda shovqin bo‘lmagan vaqtda o‘ziz eshitadigan darajada aytgan bo‘lsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar